Mavzu: Umumiy osteologiya. Skelet haqida umumiy tushuncha. Satxlar haqida tushuncha. Boshlangich terminologiya. Suyaklarning tuzilishi. Bo’yin, ko’krak, bel va dumg’aza umurtqalari, ularning yoshga doir xususiyatlari



Yüklə 1,3 Mb.
səhifə7/10
tarix19.03.2022
ölçüsü1,3 Mb.
#84571
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
1-Amaliy mashg\'ulot

Aralash suyaklar. Bunga kalla suyagining asosiy qismini tashkil etgan va bir qancha suyaklar birikishidan vujudga kelgan suyaklar kiradi.

TANA SKELETI

Odamning tana skeleti umurtqa pog‘onasi va o‘n ikki juft qovurg‘a, to‘sh suyagidan tashkil topgan ko‘krak qafasi (compages thoracis, thorax – BNA) dan iborat.

Umurtqa pog‘onasi (columna vertebralis) bir-birining ustida joylashgan 33-34 ta umurtqalar yig‘indisidan tashkil topgan bo‘lib, bular bo‘yin umurtqalari (yettita); ko‘krak umurtqalari (o‘n ikkita), bel umurtqalari (beshta), beshta dumg‘aza umurtqalari o‘zaro birlashib, bitta dumg‘aza suyagini hosil qilgan va dum umurtqalari bo‘limlariga ajratiladi.

Umurtqa pog‘onasining o‘rtacha uzunligi erkaklarda 73–75 sm, ayollarda esa 69–71 sm. Shundan bo‘yin qismi uzunligi 13–14 sm, ko‘krak bo‘limi 27–30 sm, bel qismi 17–18 sm va dumg‘aza qismi 12–15 sm.

Odam umurtqa pog‘onasi organizmning tayanchi bo‘libgina qolmay, balki umurtqa kanalida joylashgan orqa miyani muhofaza qiladi va gavda bilan kalla harakatida faol qatnashadi. Har qaysi umurtqaning tayanch vazifasini bajaradigan tanasi (corpus vertebrae), ravog‘i (arcus vertebrae) bor, umurtqa ravog‘i tanasiga ikkita oyoqchasi (pediculi arcus vertebrae) orqali birlashib, umurtqa teshigini (foramen vertebrale) hosil qiladi. Hamma umurtqalarning teshiklari birga qo‘shilib umurtqa kanali (canalis vertebralis) vujudga keladi, orqa miya ana shu kanalda joylashib, tashqi muhit ta’siridan saqlanib turadi. Umurtqa ravog‘ida tepa va pastki juft bo‘g‘im o‘simtalari (processus articularis superiores et inferiores) joylashgan. Umurtqa ravog‘ining o‘rta qismida orqa tomonga bitta o‘tkir qirrali o‘siq (processus spinosus), ikki yon tomonidan bittadan ko‘ndalang o‘siq (processus tranversus) ko‘rinadi. Umurtqa tanasi bilan bo‘g‘im o‘siqlarining o‘rta qismlarida yuqori va pastki o‘ymalar (incisurae vertebrales superiores et inferiores) joylashgan. Umurtqa pog‘onasida yuqoridagi umurtqaning pastki o‘ymasi pastki umurtqaning yuqori o‘ymasi bilan birlashib, har tarafda bittadan umurtqa oraliq teshigi (foramina intervertebralia)ni hosil qiladi. Bu teshiklar orqali orqa miya nervlari va qon tomirlari o‘tadi. Odam umurtqalarining orasida bel va dumg‘aza umurtqalari katta hajmli bo‘lib, bosh, tana va qo‘l og‘irligi ana shular vositasida chanoq orqali oyoqqa tarqaladi. Dum umurtqalari, aksincha, odamda o‘sishdan to‘xtab, yo‘qolib borayotgan qoldiq umurtqalar hisoblanadi. Bularning tanalari kichkina bo‘lib, ravoqlari bo‘lmaydi.


Yüklə 1,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə