|
Mavzu: Umumiy osteologiya. Skelet haqida umumiy tushuncha. Satxlar haqida tushuncha. Boshlangich terminologiya. Suyaklarning tuzilishi. Bo’yin, ko’krak, bel va dumg’aza umurtqalari, ularning yoshga doir xususiyatlariMedialis – agar a’zo o’rta sohaga yaqin bo’lsa,
Lateralis
|
səhifə | 2/10 | tarix | 19.03.2022 | ölçüsü | 1,3 Mb. | | #84571 |
| 1-Amaliy mashg\'ulotMedialis – agar a’zo o’rta sohaga yaqin bo’lsa,
Lateralis – agar a’zo o’rta sohadan uzoq bo’lsa,
Intermedius – agar a’zo ikkita hosilaning o’rtasida bo’lsa,
Proximalis – agar a’zo tanaga yaqin bo’lsa,
Distalis – agar a’zo tanadan uzoq bo’lsa,
Internus –agar a’zo ichki qismda joylashsa,
Externus – agar a’zo tashqi qismda joylashsa,
Profundus – agar a’zo chuqurda joylashsa,
Superficialis –agar a’zo yuzada joylashsa deb yuritiladi.
Ba’zi a’zolarning joylashgan o’rnini belgilashda tanadan bo’ylama chiziqlar (linea) o’tkaziladi. Oldingi o’rta chiziq – linea mediana anterior to’sh suyagi o’rtasidan, to’sh chizig’i – linea sternalis to’sh suyagi chekkasidan, o’rta o’mrov chizig’i – linea medioclavicularis(mamillaris) o’mrov suyagi o’rtasidan o’tadi. To’sh chizig’i bilan o’rta o’mrov chizig’i o’rtasida linea parasternalis chizig’i o’tadi. Oldingi qo’ltiq osti chizig’i – linea axillaris anterior, o’rta qo’ltiq osti chizig’i – linea axillaris media, orqa qo’ltiq osti chizig’i – linea axillaris posterior nomlariga mos sohadan, kurak chizig’i – linea scapularis kurak suyagidan, umurtqa yon chizig’i – linea paravertebralis umurtqa suyaglari ikki yonidan, orqa o’rta chiziq – linea mediana posterior umurtqa o’tkir qirralari ustidan o’tadi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|