Shaxsning «Men» obrazi Shaxs ijtimoiy psixologiyada, garchi uning
shakllanishiga jinsi, temperamenti, irsiy belgilari kabi biologik tavsiflar ham
ma'lum darajada ta’sir ko‘rsatsa-da, ijtimoiy fenomen sifatida qaraladi. Ijtimoiy
psixologiya sohasida tadqiqot olib boradigan mutaxassislarning aksariyati o‘z
tadqiqotlarining asosiy yadrosi sifatida G. Olport, S. Meddi,
Uilyam Jeyms
kabi psixologlarning nazariyalariga tayanadi. Ulardan biri UJeymsning shaxs
nazariyasida shaxs «Men»i haqidagi fikrlarini to‘liq ifodalay olgan, desak
bo'ladi. U.Jeyms shaxs «Men»iga xos ikki aspektni ajratib ko‘rsatdi: empirik
«Men» va haqiqiy «Men». Empirik «Men» inson nimaniki «o‘zimniki» deb atay
olgan barcha narsalar yig‘indisidir. Uning ichiga:
• Material «Men» — o‘z ichiga shaxsning tana tuzilishi
va shaxsan uning o
‘zigagina tegishli bo‘lgan barcha narsalarini oluvchi «Men» bo‘lsa;
• Ijtimoiy «Men» — shaxsdagi uning atrofidagilar tan olgan «Men», har bir
shaxsni o‘zi haqida uning atrofidagilarning fikri qiziqtiradi, albatta. Demak,
shaxsning atrofida qancha alohida ijtimoiy guruhlar mavjud bo‘lsa, uning
uchun shuncha ijtimoiy «Men»i mavjud bo‘ladi;
• Psixik «Men» — individning ijtimoiy muhitda uning kimligini namoyon
qilishiga yordam beruvchi qobiliyat va iqtidorlarining yig‘indisi
hisoblanadi;
• Haqiqiy yoki axloqiy «Men» — shaxsning o'zini anglashi, o‘z-o‘ziga baho
berishi doirasidan iboratdir. Zamonaviy psixologiyada bunday «Men»ni
shaxsning markaziy bo‘g‘ini sifatida qaraladi va «Men» konsepsiya (bu ilmiy
atama fanga amerikalik psixolog K.Rodjers tomonidan kiritilgan) tushunchasi
orqali ifodalanadi.
U.Jeymsning tasvirlashicha, shaxsning ijtimoiy «Men»i
ijtimoiy
psixologik nazariyalar orasida uzoq vaqtdan beri va ko‘p o‘rganilgan
mavzudir. Sotsiolog olimlardan biri Charlz Kuli «Shaxs oynasi»
tushunchasini ishlatgan bo‘lib, bu orqali shaxs atrofidagi odamlarning unga
nisbatan berayotgan bahosi va fikriga aynan oynaga qaraganday qaraydi,
degan fikrni asoslagan.
Uning fikricha, har qanday shaxs o‘ziga nisbatan atrofdagilarning
berayotgan bahosi
va fikrini qabul qilar ekan, o‘zini oynaga solgandek
bo’ladi. Bu fikrni keyinchalik Jorj Gerbert Mid va Garri Stek Sallivanlar ham
rivojlantirgan. J.G.Midning fikricha, shaxsning o‘zini anglashi uning ijtimoiy
munosabatlarining hosilasi bo’lib, bu jarayonda u o‘ziga tashqi tomondan,
go‘yoki obyektga qaragandek qarashni o‘rganadi.
Shuni alohida qayd etish
kerakki, bunda atrofdagi butun bir ijtimoiy guruh yoki jamoa a’zolarining fikri
jamoaviy ustanovka sifatida rol o‘ynaydi. Aynan shu holat tufayli biz
o‘zimizni boshqalar qanday ko‘rsa o‘shanday ko‘rishga, o‘zimizga boshqalar
ko‘zi bilan qarashga o‘rganamiz. Lekin o‘sha jamoadan aynan kimningdir fikri
nima uchundir bizga ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi, degan savol barchani
qiziqtiradi. Bu savolga javob aynan jamoa a'zolarining
barchasi ham biz
haqimizda bir xil fikr yuritmasligi va bizga bir xil baho beravermasliklari
bilan bog‘liqdir.
Dostları ilə paylaş: