Metallarga ishlov berish texnologiyasi



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə17/18
tarix04.07.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#119231
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Tayyorlov sexlari mexanik ishlov berish sexlarini zagotovka bila

Pokovkani kalibrlash
Kalibrlash bosim ostida ishlash operatsiyasini turi bo‘lib, bunda pokovkaning arayish uchastkasini qisish, ezish bilan yuzalarning tozaligiga va o‘lchamlarining aniqligiga erishiladi.
Kalibrlash asosan ko‘plab, yirik seriyalab ishlab chiqarish korxonalarida po‘latdan pokovkalar olishda qo‘llaniladi.
Kalibrlashni tekislikda va hajmli xillari bo‘ladi.


69-rasm. Tekislikda kalibrlash




70-rasm. Hajmli kalibrlash


Kalibrlashda kalibrlanayotgan uchastka qalinligi bir necha kichrayadi, uzunligi diametri esa kattalashadi.


Hajmli kalibrlash bilan perimetri o‘lchamlari aniq yuzalari toza bo‘lgan pokovkalar olinadi. Bunda kalibrlash natijasida ozgina ortiqcha metal – kuyishi, arayish sifatida oqib, kesimga chiqadi. Natijada, og‘irligi aniq pokovka olinadi. Kalibrlash uchun qo‘yim 0.3-0.6 mm o‘rtasida bo‘ladi. Hajmli kalibrni issiq va sovuq holda bajariladi. Kalibrlash operatsiyalari kalibrlovchi presslarda bajariladi.
Pokovkalarni to‘g‘rilash. Pokovkalarni to‘g‘rilash bosim ostida ishlash operatsiyasini turi bo‘lib, bunda pokovkada hosil bo‘lgan qiyshiqlik, egrilik to‘g‘rilanadi.
Shtamplangan pokovkalar quyidagi hollarda egilishi, qiyshayishi mumkin.
1. Pokovka shtampda qisilib kelganda;
2. Ko‘plab pokovkalar ustma ust terilganda;
Pokovkalarni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishda extiyotsizlik qilinganda;
Arayishni qirqishda;
Pokovka pardasini teshishda va h.k.
To‘g‘rilash friksion bolg‘alash mashinasi yoki gidravlik presslarda tekis doska bilan bajariladi.


71-rasm. Pokovkani to‘g‘rilash




Pokovkalarni termik ishlash. Shtamplangan pokovkani arayish va pardadan tozalangandan so‘ng termik ishlanadi. Termik ishlashdan maqsad:
Pokovkada mavjud bo‘lgan ichki kuchlanishdan xolis qilish;
Pokovkada materialni stanoklarda ishqalanish xususiyatini yaxshilash;
Pokovka materialini strukturasini detal xususiyatidek qilish.
Po‘lat pokovkalarda bajariladigan asosiy termik ishlash operatsiyalariga yumshatish, normallash, bo‘shatish bilan normallash, yuqori temperaturada bo‘shatish bilan toblash kiradi. Shundan so‘ng termik ishlangan pokovkalarni oksidlangan yuzalari tozalanadi. Ma’lumki, termik ishlash uchun pokovka qandaydir temperaturagacha qizdiriladi. Qizdirish natijasida pokovka yuzalarida kuyindi hosil bo‘ladi.
Pokovka yuzida hosil bo‘lgan kuyindi uch xil usul bilan tozalanadi.
Droblar yordamida, H2SO4 va HCI eritmasida va barabanli mashinalarda tozalanadi. Agar pokovka og‘irligi 160-1250 kg bo‘lsa drob bilan, og‘irligi 50 kg bo‘lgan pokovkalar barabanlarda (barabanga diametri 10-30 mmli sharlar solinadi) tozalanadi.


72-rasm Pokovkalarni aylanuvchi barabanlarda tozalash


73-rasm Pokovkalarni drob yordamida tozalash

Po‘lat pokovkalar ko‘prok 60-90 0 S li 20 % li sulfat kislotasi eritmasidagi vannalarda bir necha vaqt ushlab turiladi va so‘ng suvda yuviladi. Nikelli po‘lat pokovkalar konsentratsiyasi yuqori bo‘lgan eritmada ishlanadi.


Alyuminiy qotishmalaridan olingan pokovkalar avval ishqorli eritmada ishlanib, so‘ng azot kislotasi eritmasida ishlanadi.


XULOSA
Xulosa qilib aytganda, Ishlab chiqarish jarayoni – bu korxonada mahsulotni tayyorlash yoki ta'mirlash uchun barcha ishlab chiqarish qurollari va odamlar harakatlarining yig‘indisidir. 10 Ishlab chiqarish jarayoni tarkibiga detallarga mexanik ishlov berish va yig‘ish, saqlash va tayyorlash davomidagi barcha harakatlar, detallarni tashish, ularning sifatini nazorat qilish, ish joyi va uchastkaning ta'minotini va xizmat vazifasini tashkil etish, ishlab chiqarishning barcha bo‘limlarini boshqarish hamda ishlab chiqarishni har tomonlama texnik jihatdan tayyorlash ishlari kiradi. Ishlab chiqarish jarayoni quyidagi bosqichlarda bajariladi:
1) zagotovka tayyorlash – quyish, bolg‘alash, shtamplash yoki prokatdan tayyorlanadigan materiallarga birlamchi ishlov berish, payvandlash;
2) detallarni yakuniy shakl va o‘lchamlarga keltirish uchun metall kesish dastgohlarida mexanik ishlov berish;
3) yig‘ma birikmalar, uzellar, agregatlar yoki mexanizmlarni oraliq yig‘ish;
4) mashina yoki mahsulotni yakuniy yig‘ish;
5) mashina yoki mahsulotni sozlash va sinash;
6) mashina yoki mahsulotni bo‘yash va ularni saqlash. Texnologik jarayon (TJ) - ishlab chiqarish jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, ishlab chiqarish predmeti (zagotovka) o‘lchamlari, tashqi ko‘rinishi, shakli va ichki xossalarining ketma-ket o‘zgarib borishi va ularni nazorat qilishni o‘z ichiga oladi.
Texnologik jarayonlarni loyihalash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: - TJ ni ishlab chiqish uchun dastlabki ma'lumotlarni tahlil qilish; - guruhli yoki tipaviy TJ larni tanlash yoki yakka tartibli TJ ga o‘xshashini qidirish; - boshlang‘ich zagotovka va uni tayyorlash usullarini tanlash; - texnologik bazalarni tanlash; - ishlov berishning texnologik marshrutini ishlab chiqish; - texnologik operatsiyalarni ishlab chiqish; - o‘tishlarning ketma-ketligini aniqlash va ishlab chiqish; - operatsiyalarning texnologik jihozlash vositalarini (TJV) tanlash; - TJV ning kerakli soni va turini aniqlash; - yangi TJV ga buyurtma berish va shu bilan birga texnik vositalarni sinash va nazorat qilish; 11 - mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish jarayonlari vositalarining elementlarini va sex ichida transport vositalarini tanlash; - ishlov berish rejimlarini ishlab chiqish va hisoblash; - texnologik jarayonni texnik me'yorlash; - texnika xavfsizligi talablarini belgilash; - texnologik jarayonni iqtisodiy samaradorligini hisoblash; - TJ ni hujjatlashtirish. Texnologik operatsiya – bu bir ish joyida bir (yoki bir nechta) ishchi tomonidan ketma-ket bajariladigan TJ ning tugallangan qismidir. Texnologik operatsiya ishlab chiqarishni hisobga olish va rejalashning asosiy birligi hisoblanadi. Texnologik operatsiya asosida mahsulot tayyorlashning ish hajmi, vaqt me'yorlari, talab qilinadigan ishchilar, jihozlar, moslamalar va asbob-uskunalar soni hamda ishlov berishning tannarxi aniqlanadi.
SHuningdek, operatsiya asosida ishlab chiqarishni kalendar rejalash, mahsulot sifatini nazorat qilish va ishni bajarish muddati ishlab chiqiladi. Yordamchi operatsiya (transportlash, nazorat qilish, tamg‘alash, qirindilardan tozalash va boshqa) – bu texnologik operatsiyalardan farqli o‘laroq ishlov berilayotgan zagotovka o‘lchamlari, sirtlari shakli va ko‘rinishi hamda xossalarini o‘zgartirmaydi, biroq texnologik operatsiyani bajarish uchun zarur hisoblanadi. O‘rnatish – bu texnologik operatsiyaning tarkibiy qismi bo‘lib, detal (dastgoh turiga qarab bir necha detal) ni bir marta mahkamlab ishlov berish jarayonida bajariladigan ishlar yig‘indisidir. Bunda dastgohga o‘rnatilgan va mahkamlangan zagotovka uning ishchi organlariga nisbatan stolining aylanishi yoki siljishi natijasida boshqa holatni egallashi mumkin.
Holat – bu detalning bir marta mahkamlangan holatida dastgohning ishchi organlariga nisbatan egallagan vaziyati. Dastgoh stolining aylanishi yoki siljishi (ko‘p shpindelli ko‘p holatli dastgohlarda) natijasida uning holati o‘zgarishi mumkin. 12 Texnologik operatsiya texnologik va yordamchi o‘tishlarga bo‘linadi. Texnologik o‘tish – bu texnologik operatsiyaning tugallangan qismi bo‘lib, qo‘llanilayotgan asbob va ishlov berishdan hosil bo‘layotgan sirtning o‘zgarmasligi bilan xarakterlanadi.
Texnologik o‘tishlar odatda metall kesish dastgohlarining o‘zgarmas ish rejimlarida bajariladi. Yordamchi o‘tish – bu texnologik operatsiyaning tugallangan qismi bo‘lib, ishchi va jihozlar harakatlari yig‘indisidan iborat. Yоrdamchi o‘tishda detalning shakli, o‘lchamlari, g‘adir-budirliklari o‘zgarmaydi, biroq texnologik o‘tishni bajarish uchun zarur hisoblanadi. O‘tishlar o‘z navbatida ishchi va yordamchi yurishlardan iborat bo‘ladi. Ishchi yurish – bu texnologik o‘tishning tugallangan qismi bo‘lib, kesuvchi asbobning ishlov berilayotgan zagotovkaga nisbatan bir marotaba siljishidan sirtning shakli, o‘lchamlari va sifati yoki zagotovkaning xossalari o‘zgarishi sodir bo‘ladi. Yоrdamchi yurish – bu texnologik o‘tishning tugallangan qismi bo‘lib, kesuvchi asbobning ishlov berilayotgan zagotovkaga nisbatan bir marta yurishi natijasida sirtning shakli, o‘lchamlari va sifati, zagotovkaning xossalari o‘zgarmaydi, biroq ishchi yurishni amalga oshirish uchun zarur hisoblanad



Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə