Mexanika (MD) fani bo’yicha asosiy tushinchalar va ta’riflar


SHlitsali birikmalarning afzallik va kamchiliklari



Yüklə 401,8 Kb.
səhifə25/43
tarix27.01.2023
ölçüsü401,8 Kb.
#99520
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   43
Mexanika

SHlitsali birikmalarning afzallik va kamchiliklari

Shlisali birikmalar valni detal gupchagaga biriktirish uchun ishlatiladi. Shlisali birikmalar vallardagi tashqi tishlar va detal gupchagi teshigidagi ularga mos ichki tishlar–shlisalar orqali hosil qilinadi. Bu birikmalarni shponkalari val bilan yaxlit qilib tayyorlangan ko’p shponkali birikma sifatida tasavvur etish mumkin. Ba’zan bu birikmalar tishli birikmalar deb ham yuritiladi.


Shlisali birikmalar shponkali birikmalarga nisbatan quyidagi afzalliklarga ega: a) bir xil o’lchamlarda ishchi yuzasining sezilarli kattaligi va tishlar balaidligi bo’yicha bosimning tekis taqsimlanishi evaziga yuklanish qobiliyati ko’p; b) valning toliqish bo’yicha mustahkamligi yuqori; v) detallar valda yaxshi markazlanadi va ularni val bo’ylab surish lozim bo’lsa, aniqroq yo’naltiradi.
Shlisali birikmalar quyidagacha qo’llanishi mumkin: detal gupchagini valga qo’zg’almas, mahkam biriktirish uchun; detallarning kichik qiymatdagi o’kdoshmasligani kompensasiyalash uchun; yuklanishsiz va yuklanish uzatadigan qo’zg’aluvchan (o’q bo’ylab suriladigan) birikma hosil qilish uchun.
O’qdoshmaslikni kompensasiyalash detallarni tayyorlashda-gi xatoliklar yoki o’zi o’rnashadigan konstruksiyalarga bog’liq. Yuklanish holatida o’q bo’yicha surishlarga parmalash shpindeli, avtomobillarning kardan vallari; yuklanishsiz surishlarga - uzatmalar qutisidagi suriladigan tishli g’ildiraklar misol bo’ladi.
Tishli uzatmalarning afzallik va kamchiliklari
Tishli uzatmalar.
Harakatni bir valdan ikkinchi valga tishli g’ildiraklar vositasida uzatish mexanizmi tishli uzatma deb ataladi. Hozirgi vaqtda mashinasozlik sanoatida tishli uzatmalar keng ko’lamda ishlatiladi va ulardan texnikaning turli sohalarida foydalaniladi. Aniq asbobsozlikda diametri 1 mm dan kichik bo’lgan tishli g’ildiraklar ishlatilgan bir vaqtda, og’ir sanoatda diametri bir necha 10 m ga yetadiganlarini uchratish mumkin. Tish profili bo’yicha evolventali va doiraviy bo’ladi
Afzalligi.

  1. Yuqori yuklanish qobiliyatiga ega;

  2. Umrboqiyligi yuqori (30 000 soat) va ishlashi ishonchli;

  3. F.i.k. yuqori (0,97…0,98 gacha);

  4. Uzatish nisbatining doimiyligi;

  5. Sekundiga 150 m/s gacha tezlik bilan katta quvvat (bir necha ming kVt) uzata oladi va uzatish nisbati bir necha yuzgacha yetadi;

  6. Xilma-xil materialdan tayyorlanishi mumkin.

Кamchiligi.

  1. Tayyorlanishi nisbatan murakkabligi;

  2. Кatta tezlik bilan ishlayotganda shovqin chiqishi;

  3. Zarb bilan ta’sir etuvchi kuchlarning zarari ko’proq sezilishi.


Yüklə 401,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə