Microsoft Word Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti Darslik 2006. doc


“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanining predmetini



Yüklə 3,3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/147
tarix20.04.2023
ölçüsü3,3 Mb.
#106521
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147
Agrosanoat m

1.2. “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanining predmetini 
o’rganish usullari 
Barcha fanlar o’z o’rganish predmetiga ega. Ular o’z predmetlarini o’rganishda 
turli tuman usullardan foydalanadilar. Jumladan, iqtisodiy fanlar ham o’z predmetini 
o’rganishda o’ziga mos usullar tizimidan foydalanadi. Iqtisodiy fanlar o’z 
predmetlarini o’rganish maqsadida qanday usullardan foydalansa, “Agrosanoat 
majmuasi iqtisodiyoti” fani ham shu usullaridan foydalanadi. Faqatgina o’z 
xususiyatlaridan kelib chiqib ayrim usullardan ko’proq, ayrimlaridan kamroq 
foydalanadi.
Uslubiyat bu ilmiy bilishning tamoyillari, shakl va uslublari to’g’risidagi 
qarashlardir. Uslubiyat qator usullar yig’indisini o’z ichiga oladi. Har bir o’z 
uslubiyatidan kelib chiqib usullar guruhini tanlaydi. Usul deganda biror qonuniyatni, 
hodisa yoki jarayonni nazariy tekshirish va amaliy yechishning vositasi, yo’li 
tushuniladi. 
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani agrosanoat majmuasida yuz berayotgan 
o’zgarishlarni o’z vaqtida nazariy va amaliy jihatdan asoslaydi, majmuaga kirgan 
tarmoqlar, korxonalarni samarali boshqarish uchun zarur ma’lumotlar, bilimlar 
beradi. Fanning bergan tavsiyalari asosida majmuani boshqarish, undagi iqtisodiy 
jarayonlarni tartibga solib turish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. “Agrosanoat 
majmuasi iqtisodiyoti” fani iqtisodiyotda yuz berayotgan voqealarni, jarayonlarni 
tasvirlaydi. Ushbu jarayonlar chuqur tahlil qilinadi va ob’yektiv, ilmiy asoslangan 
xulosalar olinadi. Tahlil oqibatida olingan natijalarning xususiyatlari aniqlanib ularni 
takomillashtirish, rivojlantirish uchun tavsiyalar ishlab chiqadi. 


20
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani o’z predmetini o’rganishda quyidagi 
muayyan usullardan ko’proq foydalanadi. Fan o’z predmetini o’rganishda 
foydalanadigan usullarni ikki guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruhga 
o’rganishning umumfan usullari kiradi. Bu usullarga: ilmiy abstraktsiya, induktsiya, 
deduktsiya, qiyosiy tahlil, tarjiba, faraz, kabilar kiradi. Ikkinchi guruhga maxsus 
usullar kiradi. Bularga: monografik tadqiqotlar, iqtisodiy–matematik modellashtirish, 
iqtisodiy tahlil va sintez, iqtisodiy taqqoslash, iqtisodiy-statistik, balans, hisob 
konstruktorlik kabi usullar kiradi. 
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani tarixiy fandir. U o’z shakllanish va 
rivojlanish tarixiga ega. Fanning muammolarini o’rganish juda qadim davrlarga borib 
qadaladi. Lekin alohida fan sifatida shakllanganiga uncha katta vaqt bo’lgan emas. 
Adabiyotlarda “agrosanoat integratsiyasi”, “agrobiznes”, “agrosanoat majmuasi” 
tushunchalarining paydo bo’lishi 1950 yillar oxiriga to’g’ri keladi. “Agrosanoat 
majmuasi iqtisodiyoti” alohida fan sifatida 1960 yillardan boshlab o’rganila 
boshlandi. Bizning mamlakatimizda bu fan 1970 yillarning o’rtalarida shakllandi va 
mutaxassislar tomonidan o’rganilib, rivojlantirilmoqda. “Agrosanoat majmuasi 
iqtisodiyoti” fani dinamik rivojlanib boryotgan fanlar qatoriga kiradi. SHu sababli 
dunyo iqtisodiyotida va mamlakat iqtisodiy siyosatida yuz berayotgan hodisalar 
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanining rivojlanishiga bevosita ta’sir etadi. 
Shunday ekan, fan o’z predmetini o’rganishda tarixiy–dealektik rivojlanish usulidan 
ham keng foydalanadi. Bunda majmuaga kirgan bir tarmoqda yuz bergan o’zgarish 
uning boshqa tarmoqlari foliyatida o’z aksini topishi doimiy hisobga olinib turiladi. 
Demak, “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani boshqa iqtisodiy fanlar kabi 
iqtisodiyotda yuz berayotgan barcha o’zgarishlarni bir-biriga bog’liq holda o’rganadi. 

Yüklə 3,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə