Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc


Hayzli ayol bilan bir o‘rin (to‘shak)da yotmoq



Yüklə 295,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/82
tarix21.06.2023
ölçüsü295,77 Kb.
#118381
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   82
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar

Hayzli ayol bilan bir o‘rin (to‘shak)da yotmoq
Hazrat Ummu Salama marhamat qiladilar: “Rasululloh (s.a.v.) bilan bir choyshab tagida 
yotganimda hayz ekanimni eslab sekin to‘shakdan chiqdim va hayz uchun tayyorlagan 
libosimni oldim. Uni ko‘rgan Rasululloh (s.a.v.): 
– Hayz ko‘rdingmi?, – deb so‘radilar 
– Ha, – dedim. Meni yonlariga chaqirdilar. U zoti muborak bilan birga bir choyshab 
tagida yotdim”.
Junub va hayzli ayol bola emizishi mumkinmi?
Emizikli ayol hayz holida bola emizishi mumkin bo‘lganidek junub paytida ham emizishi 
mumkin. Bu xususda ixtilof yo‘q. 
Tahoratli ayolning bolasini emizishi tahoratini buzmaydi. Tahoratli emizgani yaxshiroqdir. 
Tahoratsiz, junub yoki hayzli ayol suv olish uchun yuvilgan qo‘lini suv idishiga tiqsa 
(zarurat tufayli), o‘sha suv musta’mal (harom) bo‘lmaydi. 
Hayzli va nifosdagi ayollar muazzin aytgan azonni takrorlaydilar.
Hayzli ayolning paxta yoki bo‘z qo‘llashi haqida
Hayz vaqtida ayollar bo‘z yoki paxta ishlatishlari mumkin. Hayzning hidi sezilmasligi 
uchun bo‘zga, lattaga xushbo‘ylik sepishlari ma’quldir. Agar bo‘zlar foydalanilmaydigan 
holga kelsa, ularni ko‘mmoq, yoqmoq lozim. Ayol kishining hayz jihozlarini maxfiy 
tutishi, alohida saqlashi gigienik va islomiy odob ko‘rinishidir.


Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
31
Tib ilmining bu mavzudagi tavsiyalari
Oy ko‘rganda ichki kiyimlar va badan tozaligiga e’tibor qilish lozim. Bu holdagi ayol 
kunda yuvinishi, pardoz qilishi bilan birga vujudining pokligiga ham ko‘proq diqqat qilishi 
kerak. Bir ayol mustasno hadislarda bir necha bor, faqat me’yoriy (normal) vaqtlarda 
kunda bir marta tanosil a’zosini yaxshilab yuvish majburiyatidadir. Yuvinmasdan avval 
bo‘shanishida o‘zi uchun yengillik bor. Tanosil a’zosiga upa, imkoni bo‘lsa, lavanda 
gulidan tayyorlangan xushbo‘y (malham) surishi lozim. Chunki, lavanda guli vujud hidini 
eng yaxshi bekituvchi vositadir.

Yüklə 295,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə