Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc



Yüklə 295,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/82
tarix21.06.2023
ölçüsü295,77 Kb.
#118381
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   82
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar

www.ziyouz.com
kutubxonasi 
38
1. Azl, ya’ni, erkak jinsiy munosabatni yarmida to‘xtatishi, maniyni tashqariga oqizishi
2. Taqvim (ritm) usuli – ayolda homila bo‘lmaydigan davrlarda jimo’ qilish; 
3. Prezervativ (condom, kaput). Spermatazoidni homila bo‘ladigan bo‘shliqqa 
tushishining oldini olish uchun. So‘nggi yillar rasman tashviqoti kuchaygan va asrning 
eng qo‘rqinchli xastaligi OITSga qarshi eng yaxshi chora – himoya vositasi sifatida 
ko‘rsatilmoqda; 
4. Yutiladigan dorilar. Bularning ta’siri turlicha
5. Rahm (bachadon) ichiga qo‘yiladigan narsalar: diofragma, kremlar (malham, 
malzamlar), supozituar, tampon va spirallar
6. Oldirish (abort); 
7. Bepushtlik; 
8. Artib, yuvish; 
9. Laparoskopiya – ho‘llangan issiq bint yoki plastir (malham mato) yopishtiriladi; 
10. Sterilizatsiya, ya’ni, ayolning tuxumdon yo‘llarini jarrohlik yo‘li bilan bog‘lab 
tashlash. Bunda ayol hech qachon farzand ko‘rolmaydi.
Homiladorlikning oldini olish vositalarining turli xil ta’sirlari va tahlikalari mavjud. 
Barchasi fitratga zid, tabiiy qo‘shilishga to‘siqdir. Ularning ko‘pchiligi ruhiy-asabiy 
behuzurlik keltiradi, nomutanosiblikka sabab bo‘lib, jamiyatda tanglik paydo qilmoqda. 
Lekin ba’zan ayol hayoti uchun tahlikali holat bo‘lsa homiladan saqlanishlik shariatga zid 
kelmaydi. Hazrat Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) bizga kelgan rivoyatlarda ham azl 
ta’qiqlangani uchramaydi. Shuning uchun azlga jumhur ulamo muboh deb qarashadi. 
Turli fatvolarda ulamolar zarurat bo‘lmaganda har qanaqa shaklda homilaga to‘sqinlik 
qilish joiz emasligini, faqat tahlikali hollardagina azl ham, dori qabul qilish ham joizligini 
aytishgan. 
Hazrat Payg‘ambarimizning (s.a.v.) “Azl qilinsa ham, qilinmasa ham, Alloh xohlagan har 
jonzot qiyomatgacha dunyoga kelajagini” aytganlarini dalil sifatida olgan va istisno 
hollaridagina ruxsat bergan islom ulamolari, umuman, tug‘ishni nazorat qilishga qarshi 
chiqmoqdalar.
Faqirlikdan qo‘rqqanlar uchun dalil shuki, Alloh ayollarni faqat xushvaqtlik uchun 
yaratmagan. Erkak xotinga farzand ko‘rish niyati bilan yaqinlashishi kerak. Bu sunnatdir 
va farzand oilaning asosiy maqsadidir. Alloh marhamat qiladi:

Yüklə 295,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə