Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc


Bola tushishiga sabab bo‘ladigan ishlar



Yüklə 295,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/82
tarix21.06.2023
ölçüsü295,77 Kb.
#118381
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   82
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar

Bola tushishiga sabab bo‘ladigan ishlar
Bunga sabab bo‘lgan fe’llar xoh ayolning ota-onasidan, xoh boshqalardan sodir bo‘lsin 
farqi yo‘q, bola tushishiga sababchi bo‘lsa, diyyat lozim bo‘ladi. Lekin, bola ona 
rahmidan tashqari chiqib, tushmaguncha jinoyat hisoblanmaydi. Chunki, bolaga qilingan 
ish tufayli o‘lib-o‘lmagani bilinmagan taqdirda hukm shunday tadbiq etiladi. Faqat 
qilingan ish tufayli bolaning ona qornida o‘lgani qat’iyan aniq bo‘lsa, u holda jazo 
zarurdir. 
Shu jihatdan to‘rt imom ham jinoyat sanab, jazoni lozim qilgan harakat natijasida ona 
rahmidan o‘lik tushgan bola uchun jinoyatga yarasha jazo belgilanadi, deganlar.
Imomlarning o‘lik yoki tirik tushgan bola haqidagi qarashlari
a) Imomi Ahmad ibn Hanbalga ko‘ra, tushgan bolaning hayoti barqaror davom etishi 
kerak. Faqat tug‘ilgan onda tiriklik belgilari ko‘rinib, darhol o‘lishi tirik bo‘lganiga yetarli 
sabab emas. Ayni zamonda tushgan bola kamida 6 oylik bo‘lishi shart. Chunki, bundan 
(6 oydan) kam bo‘lgan vaqtda bolaning yashashi mumkin emas. U holda, tushgan bola 
kam deganda 6 oylik bo‘lib, yashash belgilari davom etsa, tirik hukmida qabul qilinadi va 
o‘lgan taqdirda shunga ko‘ra hukm etiladi (beriladi). Shofe’iylardan Muzaniy ham ayni 
fikrda. 


Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
41
b) Imom Abu Hanifa bilan imom Molikka ko‘ra, bolaning tushishiga sabab bo‘lganni 
javobgar qilish uchun, bolaning onasi tirik bo‘lishi kerak. O‘lgan onaning rahmidan bola 
tushirilsa, tushirilishiga sabab bo‘lgan kimsa javobgarlikka tortilmaydi. Chunki, onaning 
o‘lishi bolaning ham rahm (bachadon)da o‘lganiga ochiq sabab sifatida qabul qilinadi. 
Ammo, onasi o‘lishi bilan barobar, bola tirik tushsa, bunga sabab bo‘lgan kishi javobgar 
bo‘ladi. Bola o‘lgan taqdirda, diyyat o‘taydi. O‘lmagan taqdirda onasining o‘lganligi uchun 
sababiga ko‘ra jazo beriladi.

Yüklə 295,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə