Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc


“Agar ularni mahrini belgilab, ammo qovushmay turib taloq qilgan



Yüklə 295,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/82
tarix21.06.2023
ölçüsü295,77 Kb.
#118381
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   82
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar

“Agar ularni mahrini belgilab, ammo qovushmay turib taloq qilgan 
bo‘lsangizlar, belgilangan mahrning yarmi (zimmangizdadir)”
(Baqara surasi, 
237-oyat).
Mahr zikr etmasdan uylanish
Mahr zikr (qayd) etmasdan qurilgan turmush sahihdir. Chunki, Alloh marhamat 
qilmoqda: 
“Agar xotinlaringizni, qovushmay turib yoki ularga mahr belgilamay turib taloq 
qilsangiz sizlar uchun gunoh yo‘qdir” 
(Baqara surasi, 236-oyat). 
Hatto bir kishi mahr bermaslik sharti bilan uylansa, mazhabimizga ko‘ra turmushi joiz 
bo‘ladi. Chunki, mahr turmush qurish rukni va sharti emas.
 
 


Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
48
Mahrda ixtilof
Er-xotin o‘rtasida mahr xususida ixtilof paydo bo‘lsa, imom Sha’biy qavliga ko‘ra, 
qasam(yod) qil(dir)moq bilan er so‘zi qabul qilinadi, ayol ham isbotlash vaziyatidadir. 
Ibrohim an-Nahoiy bu vaziyatda “Mahri misl uchun ayol so‘zi qabuldir”, deganlar. 
Xushoym esa, imom Sha’biy so‘zini ma’qullaganlar.
Yuz ko‘rish
Mahrni tomonlar o‘zaro qat’iy belgilashsa, bu mahrga mahri mu’samma deyiladi. Agar 
mahr to‘la yoki bir qismi oldindan olinsa bunga mahri mu’ajjal deyiladi. Bir qismini oldin
bir qismini keyin (ya’ni, nasiya) olinishi mumkin. Nasiya qismiga mahri mu’ajjal deyiladi. 
Mamlakatimizda zifof kechasi oldidan bir miqdor mahr beriladiki, bunga yuz ko‘rish 
(ko‘rmana) deyiladi. Bu xususda hazrati Oysha onamiz (r.a.) rivoyat qiladilar: 
“Rasululloh (s.a.v.) menga mahridan oz bo‘lsa ham bir narsa olmagan kelinni erining 
yoniga kiritmaslikni amr etdilar”. 
Rasululloh (s.a.v.) bir narsa bermasdan hazrati Fotima (r.a.) bilan zifofga kirishni 
so‘ragan hazrati Alini (r.a.) man’ etdilar, ammo zirh (sovutni) bergach, ichkariga kirishga 
ruxsat berdilar. 
Sa’id ibn Jubayr dedilar: “Bir erkak xotiniga ko‘ylak, shohi ro‘mol va uzuk kabi biror 
narsa taqdim etmaguncha yoniga kirmasligi kerak”. Hasan Basriy hazratlari esa buning 
majburiy emasligini so‘zlaydilar. 
Sulaymon ibn Yasor ham bir erkakning nikohlangan xotiniga biror narsa taqdim 
etmasdan yoki mahrini uzmasdan yoniga kirishini makruh sanardilar.
Mut’a
Mahr kesilmasdan va duxul, ya’ni, zifof voqe’ bo‘lmasdan avval ajrashgan ayolga tasalli 
mohiyatida berilgan libos va shunga o‘xshash narsalarga mut’a deyiladi. Buning aniq 
miqdori yo‘q, har kimning ahvoliga havola etilgan. Bu xususda Alloh taolo shunday 
marhamat qiladi: 

Yüklə 295,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə