Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc


“(Shuayb) aytdi: “menga sakkiz yil ishlab berishing badaliga men senga mana



Yüklə 295,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/82
tarix21.06.2023
ölçüsü295,77 Kb.
#118381
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   82
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar

“(Shuayb) aytdi: “menga sakkiz yil ishlab berishing badaliga men senga mana 
shu ikki qizimdan birini nikohlab bermoqchiman. Endi, agar o‘n yilni bitirsang 
(o‘n yil ishlab bersang) o‘zingdan (marhamatdir). Men seni qiynashni 
istamayman. Inshoalloh, mening solih kishilardan ekanimni bilursan”. (Muso) 
dedi: “Mana shu sen bilan mening o‘rtamizdagi (bitim)dir. Ikki muddatdan qay 
birini ado qilsam, bas, menga adovat qilinmas. Alloh aytayotgan so‘zimizga 
guvohdir”
(Qasos surasi, 27-28-oyatlar).
Musulmon bo‘lmoq: Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat etilishicha: “Abu Talha Ummu 
Sulaymni so‘radi. U: “Qasamki, sen kabilar rad etilmaydilar, ammo sen kofirsan, men 
musulmonman, senga tegishim halol emas. Agar musulmon bo‘lsang, shuni mahr 
sifatida qabul qilardim, boshqa narsa sendan so‘ramayman”, dedi. Abu Talha musulmon 
bo‘ldi. Bu mahr sifatida qabul etildi”. 


Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
46
Sobit dediki: “Ummu Sulaym kabi qiymatli bir mahr olgan ayolni eshitmadim. Abu Talha 
musulmon bo‘ldi, turmush qurdilar va xayrli bolalar ko‘rdilar”. 
Ozod etish: Anas ibn Molik (r.a.) aytadilar: “Rasululloh (s.a.v.) Sofiya bint Huyayni ozod 
etdilar, so‘ng unga uylandilar. Ozodlik – mahr sifatida qabul etildi”. 
Qur’on o‘rgatmoq: Sahl ibn Sa’d (r.a.) aytadilar: “Rasulullohga (s.a.v.) bir ayol kelib, 
“O‘zimni sizga bag‘ishladim”, dedi va uzundan-uzoq kutdi. Birisi turib, “Yo Rasululloh
sizning ixtiyoringiz bo‘lmasa, uni menga bering”, dedi. Rasululloh (s.a.v.): “Unga 
beradigan biron narsang bormi?”, dedilar. U: “hech narsam yo‘q”, dedi. Kishi axtarib 
hech narsa topolmadi. Rasululloh (s.a.v.) unga: “Qur’oni Karimdan biror narsa 
bilasanmi?”, dedilar. Kishi: “ha”, degach, “Shunga muvofiq bu ayolni senga zavjalikka 
berdim”,-dedilar Janobimiz (s.a.v.). 
Uy va xizmatchi: Ibrohim an-Naxoiy hazratlari bir ayolga uy va xizmatchi berib 
uylanishda hech qanday yomonlik ko‘rmasdilar. 
Hajga olib bormoq: Uqba ibn Omir rivoyat etgan bir hadisda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) 
shunday marhamat qiladilar: “Ado etilishi juda ham lozim bo‘lgan shartlar, bir ayolni 
olayotganda unga muqobil bergan so‘zingizdir”. 
Ba’zilar bu shartlarni mahr, nafaqa va yaxshilik, va’da kabi uylanish ma’nosida 
tushunsalarda, aslida bular ayolga uylanish uchun ayol rozi bo‘ladigan turli xil 
shartlardir. Shunga qarab, Ibrohim an-Nahoiy, bir ayolni haj qildirmoq uchun unga 
uylanmoqni joiz ko‘radilar. Agar zifofga kirmasdan avval ajrashadigan bo‘lsa(lar), yarim 
haj harajatini berishi lozim bo‘ladi, dedilar.

Yüklə 295,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə