Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc


Mahrga nimalar berilishi mumkin?



Yüklə 295,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/82
tarix21.06.2023
ölçüsü295,77 Kb.
#118381
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   82
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar

Mahrga nimalar berilishi mumkin?
Rivoyatlarni o‘qiganimizda avvalo oltin, kumush, oro bo‘lmoq uchun uy va ziynat 
ashyosi, cho‘ponlik qilish, Qur’on o‘rgatish kabi turli ish va narsalarni ko‘ramiz. 


Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
45
Uy ashyosi: oltin va kumushning ya’ni, pulning mahr ekanini bilamiz. Boshqa narsalar 
ham mahr bo‘lmoqda.
Shulardan biri uy ashyosi: Abu Said al-Xudriy (r.a.) deydilar: “Rasululloh (s.a.v.) hazrati 
Oyshaga (r.a.) 40 dirhamlik uy ashyosi bilan uylandilar”. 
Temir uzuk: Sahl ibn Sa’d (r.a.) deydilar: “Rasululloh (s.a.v.)ga bir ayol keldi: “Menga 
bir er toping, yo Rasululloh”, dedi. Rasululloh (s.a.v.): “Bunga kim uylanadi”, dedilar. U 
yerdagilardan biri: “Men uylanaman”, dedi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Unga temirdan 
bo‘lsa ham bir uzuk ber”, dedilar. U: “Yonimda yo‘q”, degach, Payg‘ambarimiz (s.a.v.): 
“Unday bo‘lsa, bilgan Qur’on suralaringni unga o‘rgat”, dedilar. 
Oyoq kiyim: Abdulloh ibn Amrning otasi deydilar: “Fazora o‘g‘illaridan biri bir ayolga juft 
oyoq kiyim berib uylangandi. Payg‘ambarimiz eshitib qabul etdilar”. 
Bir kishi Ibn Abbosga bir ayolga nikohlanganini aytdi. Ibn Abbos: “Oyoq kiyimingning bir 
poyini bo‘lsada unga ber va zifofga (chimildiqqa) kir”, dedilar.
Zirh: Hazrati Ali (r.a.) aytadilar: “Rasulullohdan (s.a.v.) qizlari Fotimani so‘rashdan 
uyaldim. Beradigan hech vaqom yo‘qligini xotirlab voz kechdim. So‘ngra 
Payg‘ambarimizning (s.a.v.) yordam va yaxshilik-sevarliklarini eslab bordim, so‘radim. 
Menga: “Biror narsang bormi?”, dedilar. “Yo‘q”, dedim. “Hutomiya sovut (zirh)ing 
qaerda?”, deb so‘radilar. Men “Uyimda”, dedim. Keltirdim. Nikohimizni qildilar. Zifof 
kechasi bo‘lishi bilan yonimizga keldilar, o‘tirdilar. Biz baxmal chimildiq ichida edik. 
Payg‘ambarimizni (s.a.v.) ko‘rib uyaldik. “Kelgunimcha suhbatlashmang!”, dedilar. Bir 
kosa suv so‘radilar. Suvga o‘qib (dam soldilar), duo qildilar. So‘ng suvni ustimizga 
septilar. “Meni ko‘proq yaxshi ko‘rasizmi, unimi?”, dedim. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) 
marhamat qildilar: “Uni juda yaxshi ko‘raman, ammo sen men uchun qimmatliroqsan!”. 
Taom (egulik): Jobir (r.a.)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh (s.a.v.) shunday marhamat 
qiladilar: “Kim uylanadigan ayolga ikki qo‘lini to‘ldirib un, bug‘doy va qovurilgan un kabi 
taom, yeydigan narsalar bersa, nikohi halol bo‘ladi”. 
Cho‘ponlik: hazrati Muso (a.s.) hazrati Shuaybga (a.s.) 8 yil cho‘ponlik qilib, qizini olgani 
Qur’oni Karimda yozilgan. Alloh marhamat qiladi: 

Yüklə 295,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə