Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc



Yüklə 295,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/82
tarix21.06.2023
ölçüsü295,77 Kb.
#118381
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   82
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar

Nafaqaning qamrovi
Nafaqadan maqsad zavjasining yeb-ichishini, kiyinishini va boshpanasini hozirlamoqdir. 
1 – Taom: nafaqasini un, bug‘doy shaklida olgan ayol, ovqat tayyorlashni bilmasligini 
so‘zlasa, illo, qilasan, deb zo‘rlanmaydi. Unga non yopadigan, taom pishiradigan 
xizmatchi yollaydi. Zero, Alloh taolo marhamat qiladi:
“...o‘z oilangizni boqadigan o‘rtacha taomlardan...”
(Moida surasi, 89-oyat). Un va 
bug‘doy esa yeyilmaydi. Buni yeydigan holga keltirtirish erning burchidir. 
Faqat bu mazmun ijtihodiy bo‘lganidan keskin va qat’iy emas. Buni tadbiq qilish uchun 
“Erning xotini zimmasidagi haqlari” bo‘limiga qarang. 
Doriga o‘xshash narsalar ham yemoqqa doxildir. Zero, Alloh taolo marhamat qiladi:


Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
52
“...Ularni (onalarni) me’yorida oziqlantirish va kiyintirish otaning (erning) 
zimmasidadir...”
(Baqara surasi, 233-oyat). Dori ham rizq atamasining ichiga 
kirmoqda. Zero, dori ham yegulik kabi vujudni muhofaza qiluvchidir. 
2 – Kiyim: kiyim – nafaqaning eng muhim moddasidir. Bu xususda Alloh marhamat 
qiladi:
“......Ularni (onalarni) me’yorida oziqlantirish va kiyintirish otaning (erning) 
zimmasidadir hech kimga toqatidan ortiq (ma’suliyat) yuklanmaydi...” 
(Baqara 
surasi, 233-oyat). 
Bu yerda kiyim o‘lchovi keltirilmagan (yaxshilik bilan deyilmoqda). Bu zaminu zamonga 
qarab o‘zgaradi. Rasululloh (s.a.v.) buyurmoqdalar: “Kiyinganingizdek kiydiring...”. Bu 
bichim jihatidan emas, sifat va nav jihatiga ishoratdir. Imkoni keng bo‘lgan va holiga 
yarasha mato kiygan kishi oilasiga ham shunday sifatli gazlamadan kiydirmog‘i kerak. 
Qur’on hukmiga ko‘ra, qozi ibn Abi Laylo ayol kiyimi sifatida yillik ikki ko‘ylak, ikki 
ro‘mol, ba’zan chorshaf ta’yin etardilar. 
Erning vaziyatiga qarab bu o‘zgarishi mumkin. Agar er faqir bo‘lsa, ayolga bir ko‘ylak, 
bir pecha va bir chorshaf ta’yin etiladi. Agar boy bo‘lsa, bularning sifatlisidan olinishi 
so‘raladi. Bu yoz uchun, qish uchun ham erning boy yoki faqirligiga qarab, bir qishlik 
kiyim, ba’zan shalvor tayin etiladi. Ayol qish uchun ko‘rpa, erning sharoitiga qarab
yopinchiq va to‘shak so‘rasa bu ham berilishi kerak. Chunki, bular sog‘lik uchun 
muhimdir.
3 – Maskan (boshpana): bu xususda Alloh taolo marhamat qiladi:

Yüklə 295,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə