Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc


“Erkaklar xotinlari ustidan (oila boshlig‘i sifatida doimiy) qoim turuvchilardir



Yüklə 295,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/82
tarix21.06.2023
ölçüsü295,77 Kb.
#118381
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   82
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar

“Erkaklar xotinlari ustidan (oila boshlig‘i sifatida doimiy) qoim turuvchilardir. 
Sabab – Alloh ularning birlari (erkaklar)ni birlari (ayollardan ba’zi 
xususiyatlarda) ortiq qilgani va (erkaklar o‘z oilasiga) o‘z mol-mulklaridan sarf 
qilib turishlaridir. (Ayollar ichida) solihalari – bu (Allohga) itoatli, g‘oyibga 
Alloh saqlaganicha himoyatli (ya’ni, erlarining sirlari, mulklari va obro‘larini 
saqlovchi)lardir...”
(Niso surasi, 34-oyat). 
“...Ularni (onalarni) me’yorida oziqlantirish va kiyintirish otaning (erning) 
zimmasidadir...”
(Baqara surasi, 233-oyat). 
“Boy kishi o‘z boyligidan nafaqa bersin. Kimning rizqi tang qilingan 
(kambag‘al) bo‘lsa, u holda Alloh unga ato etgan narsadan (holiga yarasha) 
nafaqa bersin! Alloh hech bir jonni O‘zi unga ato etgan (rizq)dan boshqa 
narsaga taklif qilmas...”
(Taloq surasi,7-oyat). 
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qilganlar: “Ularning zimmangizda muvofiq bir tarzda 
kiyajak va yeyajak haqlari bordir”. 
Muoviya al-Qushayriyning “Ayollarimizning bizning zimmamizda qanday haqlari bor, yo 
Rasululloh?”, savoliga ham shunday javob berdilar: “Yeganingizdan (ya’ni, 
yeganingizday) yedirmoq, kiyganingizday kiydirmoq, yuziga shapaloq tortmaslik, yomon 
so‘zlamaslik, uydan tashqarida yolg‘iz qoldirmaslik”. 
Ayol butun umrini uyiga, eriga va farzandlariga bag‘ishlagani uchun ham nafaqaga haq 
qozongan. Islom erkaklarga buning uchun katta savoblar va’da qiladi. Zotan, bu 
Islomning eng buyuk xususiyatlaridan biridir. Hatto dunyoviy, muboh ishlar, ezgu 
niyatlar amalga oshirilsa mukofotlar va’da qilingan. Ayni shu xususdagi ko‘plab 
hadislardan bir nechasi:
“Eng yaxshi sadaqa – borligida berilganidir”. “Bergan qo‘l, olgan qo‘ldan yaxshidir”. 
“Avval oiladan boshla. Xotining “Yo meni to‘ydir, yoki ajrash”, deydi. Xizmatching “Meni 


Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
50
to‘ydir, keyin ishlat”, deydi. O‘g‘ling “Meni to‘ydir, kimga tashlab qo‘ymoqchisan?”, 
deydi”. 
Bu hadislarda, oyatlarda ko‘rilgani kabi balog‘atga yetmagan, hali o‘zi ishlab pul topa 
olmaydigan, xasta, yurolmaydigan farzandlarning, xotinning va qari ota-onalarning 
nafaqasi oila boshlig‘ining zimmasiga vojibdir.

Yüklə 295,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə