Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc


“Agar xotinlaringizni, qovushmay turib yoki ularga mahr belgilamay turib taloq



Yüklə 295,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/82
tarix21.06.2023
ölçüsü295,77 Kb.
#118381
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   82
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar

“Agar xotinlaringizni, qovushmay turib yoki ularga mahr belgilamay turib taloq 
qilsangiz sizlar uchun gunoh yo‘qdir. Lekin, ularni moddiy jihatdan ta’minlang; 
boy ham, kambag‘al ham o‘z hollariga qarab (ta’minlasin). Ezgulik qiluvchilar 
zimmasidagi burch (shudir)”
(Baqara surasi, 236-oyat). 
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) Amra bint al-Javn bilan zifofga kirganlarida ayol “Xudo 
xayringizni bersin”, dedilar. Shundan so‘ng, Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Buyuk zotga 
sig‘inding”, dedilar. Usomaga yoxud Anasga amr etdilar: “Unga mut’a sifatida uch adad 
qatan libos bering”, dedilar. 
Sahihi Buxoriyda yanada kengroq, tafsilotlari bilan berilmoqda: Abu Usayd (r.a.) 
deydilarki: “Rasululloh (s.a.v.) bilan chiqdik, bir boqqa kirdik. Nihoyat ikki bog‘ning 
orasida o‘tirdik. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Shu yerda o‘tiring”, dedilar. O‘zlari ichkari 


Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi 
www.ziyouz.com
kutubxonasi 
49
kirdilar, ayolni keltirdilar. Umayma ibn Nu’mon ibn Sharoxilning uyiga endirdilar. Yonida 
yangasi ham bor edi. Payg‘ambarimiz ayolning yoniga kirishlari bilan, unga: “O‘zingni 
menga bag‘ishla”, dedilar. U: “Hatto hech bir malika ham o‘zini oddiy birovga (duch 
kelganga) taslim etadimi?”, dedi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) uni tinchlantirish va taskin 
berish maqsadida qo‘lini yelkasiga qo‘ymoqchi bo‘lganlarida, u: “Sendan Allohga 
sig‘inaman”, dedi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Buyuk bir maqomga sig‘inding!”, dedilar va 
tashqariga chiqdilar. So‘ngra menga: “Yo Usayd, unga oq qatandan qilingan ikki qavat 
libos kiydir va uyiga olib bor”, dedilar”.
Nafaqaning zarurati
Nafaqa ayolning erkak zimmasidagi eng katta va davomli haqqidir. Isyon, uydan qochish 
va boshqa shunga o‘xshash xususiy holatlardan tashqari nafaqaning bekor qilinishi zikr 
etilgan emas. Xatto nafaqa ayolning faqir bo‘lishiga ham bog‘liq emas. Chunki, ayolga 
nafaqa belgilanishi ahd zaruratidir. Bunda boy ham, faqir ham barobardir. Orada 
zavjiyat bog‘i mavjud bo‘lishi bilan nafaqa ham davom etadi. Bu xususda Alloh taolo 
shunday marhamat qiladi:

Yüklə 295,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə