Sadikova Yo. S. SamDu yuridik



Yüklə 72,15 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü72,15 Kb.
#181050
saylov-huquqining-yangicha-imkoniyatlari (1)


Sadikova Yo.S. SamDU Yuridik fakulteti
Davlat huquqiy fanlar kafedrasi mudiri, yuridik fanlar nomzodi
Eshonqulov I.I. SamDU Yuridik fakulteti 103-guruh talabasi


SAYLOV HUQUQINING YANGICHA IMKONIYATLARI




Annotatsiya. O’zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o’z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi. Har bir O’zbekiston Respublikasining fuqarosi o’zi ma’qul deb bilgan nomzodiga ovoz berishi mumkin. Shunday ekan bu yil davlatimiz va xalqimiz hayotida muhim siyosiy voqea Prezidentlik saylovi bo’lib o’tadi. Shiddat bilan o‘zgarayotgan dunyo erishilayotgan muvaffaqiyatlardan xotirjamlikka berilishni emas, takomil va taraqqiyot sari muttasil va dadil intilishni taqozo etadi. O’zbekiston Respublikasi Saylov kodeksi asosida parlamentga va mahalliy kengashlarga ilk bor o‘tkazilgan saylovlar jarayonida orttirilgan tajriba milliy saylov qonunchiligi va amaliyotida ayrim bo‘shliqlar va yechimini kutayotgan vazifalar mavjudligini ko‘rsatdi. Mazkur mas’uliyatli jarayonda milliy saylov tizimini yanada demokratlashtirish, saylov qonunchiligi va amaliyotini umum e’tirof etilgan xalqaro demokratik standartlarga uyg‘unlashtirish orqali fuqarolarning saylovga oid huquqlarini yanada kengroq va to‘laroq ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Kalit so’zlar. Konstitutsiya, saylov, fuqarolar, xalqaro ekspertlar, saylov qonunchiligi, markaziy saylov komissiyasi, oshkoralik, erkinlik, mahalliy davlat hokimiyati organlari, vakillik organlari, siyosiy partiyalar, deputatlar, uchastka saylov komissiyasi, fuqarolarning huquq va majburiyatlari.


Sadikova Yo.S., candidate of legal sciences head of the state department legal sciences
faculty of law
SamSU Eshankulov I.I. faculty of law student of group 103
SamSU


NEW VOTING OPPORTUNITIES


Abstract: Citizens of the Republic of Uzbekistan have the right to elect and be elected to representative bodies of state power. Each voter has one vote. The right to vote, equality and freedom of expression are guaranteed by law. Every citizen of the Republic of Uzbekistan can vote for the candidate he/she likes. Therefore, this year, an important political event in the life of our country and people will take place - the Presidential election. The rapidly changing world does not require us to be complacent about the successes achieved, but to constantly and boldly strive for improvement and development. The experience gained during the first elections to the parliament and local councils on the basis of the Election Code of the Republic of Uzbekistan showed that there are some gaps and tasks waiting to be solved in the national election legislation and practice. In this responsible process, special attention is paid to the wider and full provision of the electoral rights of citizens by further democratizing the national election system, harmonizing the electoral law and practice with generally recognized international democratic standards.
Key words: Constitution, election, citizens, international experts, election law, central election commission, transparency, freedom, local state authorities, representative bodies, political parties, deputies, precinct election commission, rights and obligations of citizens.

Demokratik davlatda va jamiyatda xalqning xohish-irodasi birlamchi manba sifatida e’tirof etiladi va unga og‘ishmay amal qilinadi. Umumxalq saylovlari orqali davlat hokimiyati organlarini shakllantirish demokratik huquqiy davlatning eng muhim belgisidir. Saylov – xalq o‘z hokimiyati va xohish-irodasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ro‘yobga chiqarishning oliy ifodasi, davlat hokimiyati organlarini demokratik tarzda tashkil etishning negizi hisoblanuvchi ulkan ijtimoiy-siyosiy tadbir.


O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining II bob, 7-moddasida “Xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbai”, VIII bob, 36-moddasida esa “O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda bevosita hamda o‘z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga ega” ekanligi mustahkamlab qo‘yilgan.
Mazkur huquqlar aynan saylovlarda o‘zining amaliy ifodasini topadi. Konstitusiyada saylov masalalariga maxsus bobning bag‘ishlanganligi mamlakatimiz milliy saylov qonunchiligini shakllantirishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi milliy saylov tizimini va jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarini demokratik rivojlantirishda, shubhasiz, doim asosiy hujjat bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu konstitusiyaviy qoida, ayni paytda, mustaqil O‘zbekistonda saylov qonunchiligini muntazam takomillashtirishda muhim omil bo‘lmoqda. Shu nuqtai nazardan, so‘nggi yillarda saylov qonunchiligi va amaliyotida ro‘yobga chiqarilgan o‘zgarishlarga e’tibor qaratsak, milliy saylov sohasida tizimli ravishda amalga oshirilayotgan islohotlarning yuksak samaralari namoyon
bo‘ladi. Shuningdek, xalqaro saylov standartlaridan kelib chiqib, prezidentlikka nomzodlarni qo‘llab-quvvatlovchi imzolar soni keskin kamaytirildi. Xususan, zarur bo‘lgan imzolar soni saylovchilar umumiy sonining besh foizidan bir foiz miqdoriga qadar tushirildi. Saylov kodeksining qabul qilinishi bilan eng avvalo, saylov qonunchiligi normalarini tizimlashtirish, ya’ni kodekslashtirish orqali bir- biriga o‘xshash normalar bartaraf etildi, ushbu qonunchilik tarmog‘i unifikasiyalashdi.
Kodeks loyihasi Venesiya komissiyasining xalqaro huquqiy ekspertizasidan o‘tkazildi va tegishli xulosasi olindi. Kodeksga bir qator xalqaro saylov standartlari, shuningdek Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YeXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining tavsiyalari singdirildi. Natijada Saylov kodeksi bir qator yangiliklar bilan boyitildi. Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni sodir etgan shaxslarning saylovda ishtirok etishiga ruxsat berilgani, Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Ekologik harakat uchun ilgari ajratib kelingan o‘n beshta deputatlik o‘rni kvotasi bekor qilinib, quyi palataning barcha deputatlari bevosita fuqarolar tomonidan saylanishi, nodavlat notijorat tashkilot – fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan vakillar saylovlarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi, saylovchilar bitta yoki bir nechta siyosiy partiyani yoxud prezidentlika nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzo qo‘yishga haqli ekanligi mustahkamlab qo‘yilgani ana shunday muhim o‘zgarishlar jumlasidandir. Konstitusiyamizda fuqarolarning saylash va saylanish huquqi, milliy saylov tizimining asoslari mustahkamlab qo‘yilgan. Bu qoida va me’yorlar Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasi, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt, O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikasiya qilingan boshqa xalqaro huquqiy hujjatlarda o‘z ifodasini topgan va umume’tirof etilgan demokratik prinsiplarga mosdir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining alohidaXXII bobi mamlakatimiz saylov tizimiga bag‘ishlangan. Sohaga bunday yuksak e’tiborni barcha rivojlangan mamlakatlarning Konstitusiyasidaham uchratavermaysiz. Ushbu bobdademokratik saylovlarni o‘tkazishga doir barcha jarayonlarning eng muhim prinsiplari, mazmun-mohiyati aniq belgilab berilgan.
Mamlakatimiz saylov komissiyalari tizimiga faoliyatining asosiy prinsiplari mustaqillik, qonuniylik, kollegiallik, oshkoralik va adolatlilikdan iborat bo‘lgan Konstitusiyaviy organ maqomiga ega O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi rahbarlik qiladi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2018 yil 6 noyabrdagi PQ-4004-sonli Qarorida saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish, shuningdek, fuqarolar konstitusiyaviy saylov huquqlarini amalga oshirilishini ta’minlash bo‘yicha umume’tirof etilgan xalqaro prinsiplar va standartlarni hisobga olgan holda, saylov tizimi va qonunchiligini bosqichma-bosqich liberallashtirish O‘zbekiston Respublikasi saylov tizimini yanada takomillashtirishning eng muhim yo‘nalishlaridan biri
etib belgilandi. Erkin va adolatli saylovlar mezonlari to‘g‘risidagi Deklarasiyaning4-bandida doimiy haqiqiy erkin va adolatli saylovlar o‘tkazish uchun xalqaro huquqiy majburiyatlarga muvofiq ravishda davlatlar huquqlarni kafolatlashni ta’minlash maqsadida qonunlar qabul qilishlari va boshqa choralarni ko‘rmoqliklari lozimligi belgilangan. Saylov kodeksning qabul qilinishi ham mamlakatimizni aynan mazkur talabni og‘ishmay, izchillik bilan bajarganidan dalolatdir. Xalqaro huquqiy hujjatlarda saylovga oid standartlar, eng asosiy prinsip va qoidalar sifatida umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi, yashirin ovoz berish yo‘li bilan saylash, erkin va adolatli, haqiqiy saylov o‘tkazish va shu kabilar belgilangan. Asosiy qonunimizga muvofiq saylovlar umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasining o‘n sakkiz yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar.
O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksining 4-moddasiga asosan fuqarolar jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei, ma’lumoti, mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qat’i nazar, teng saylov huquqiga egadir. Saylov kodeksida “bitta saylovchi-bitta ovoz” tamoyilini amalga oshirishni ta’minlaydigan O‘zbekiston Respublikasi saylovchilarining yagona elektron ro‘yxatiga oid qoidalar belgilandi.
Saylov qonunchiligi takomillashtirilishi munosabati bilan ayrim qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar mamlakatimizning ijtimoiy- siyosiy hayotida muhim ahamiyat kasb etib, saylovlarda oshkoralik, shaffoflik, haqqoniylik, xolislik va mustaqillik kabi umum e’tirof etgan demokratik prinsiplarning yanada mustahkamlanishida muhim omil bo‘ladi. Eng muhimi, Yangi O‘zbekistonimizda sobitqadamlik bilan tobora mustahkamlanib borayotgan demokratiyani qat’iy qaror toptirish, fuqarolarning saylov huquqlarini kengaytirishga xizmat qiladigan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash uchun bor kuch va imkoniyatlar ishga solinadi.
Endigi vazifa yaratilayotgan ana shunday keng ko‘lamli imkoniyat va qulayliklarning qadriga yetib, joriy yilda davlatimiz va xalqimiz oldidaturgan muhim siyosiy tadbir – Prezident saylovlarini katta uyushqoqlik va yuksak saviyada o‘takzishdan iborat. Darhaqiqat, saylovlar davlat hokimiyatini shakllantirishning samarali mexanizmlariga aylanib, uning izchilligi va siyosiy barqarorligini taʼminlaydi.
Xulosa qilib aytganda, mamlakatimiz milliy taraqqiyotining xozirgi bosqichida turli sohalarda bo‘lgani kabi milliy saylov qonunchiligini ham xalqaro standartlarga muvofiq va milliy tajribaga mos tarzda yanada takomillashtirish taraqqiyotga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:


  1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahrirdagi matnidan 9-36 bet.

  2. O’zbekiston Respublikasining saylov kodeksi 25.06.2019. 12-27 bet.

  3. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi12.10.1948. 5-34 bet.

  4. Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt 16.12.1966.

  5. Sh.Mirziyoyevning 2018 yil 6 noyabrdagi PQ-4004-sonli Qarori. 3-5 bet.

  6. «Yangi O‘zbekiston» gazetasining 2023 yil 5-may kungi 33-soni

  7. , , Xalq so’zi’’ gazetasi 10.05.2023-yil 2-4 bet.


"Экономика и социум" №7(110) 2023

www.iupr.ru




Yüklə 72,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə