Tashkent State Transport University Volume 3



Yüklə 445,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix11.12.2023
ölçüsü445,1 Kb.
#144222
  1   2   3
inson-va-fuqarolarning-asosiy-huquqlari-erkinliklari-va-burchlari



Tashkent State Transport University 
Volume 3 | TSTU Conference 2 | 2022
The Constitution of the Republic of Uzbekistan 
is the Glorification of Human Dignity, the 
Guarantee of Our Free and Prosperous Life 
O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - 
inson qadrini ulug'lash, erkin va
farovon hayotimiz kafolati 
 
 
 
 
 
780
 
December 1 
https://tstu.uz/ Republican Scientific and Practical Conference 
INSON VA FUQAROLARNING ASOSIY HUQUQLARI, 
ERKINLIKLARI VA BURCHLARI 
 
H. Hamidova– 
O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi talabasi 
Ilmiy rahbar:
 A.K. Nafasov 
 
Yurtimiz mustaqillikka erishgandan so‘ng barcha sohalarda tizimli ravishda 
islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Ushbu islohotlarning bosh maqsadi, 
avvalambor, insonlarning qonunlardagi mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini 
amalga oshirishdir. Qator islohotlar zamirida barcha masalalarga e’tibor 
qaratilmoqda. Barchamizga ma’lumki, insonning sha’ni, qadr- qimmati va boshqa 
huquqlari eng oliy qadriyat deb e’tirof etilgan. Adolat, tenglik, fuqorolarning huquqi 
va erkinliklaridan sud qarorlarisiz mahrum etib bo‘lmasligi Konstitutsiyamizning 19-
moddasida ko‘rsatib o‘tilgan. Ushbu moddada “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va 
davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari bilan o‘zaro bog’liqdir. 
Fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va 
erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab 
qo‘yishga hech kim haqli emas’’,-deb ko‘rsatilgan. 
Asosiy qonunimiz qabul qilinganidan o‘tgan 26 yil mobaynida unga bir qancha 
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan bo‘lib, bularning barchasi davlat hokimyatini 
tashkil etishda, faoliyat ko‘rsatishda, fuqarolar ta’sirini kuchaytirish, fuqarolarning 
huquqlarini 
va 
erkinliklari 
muhofaza 
etishda 
odil 
sudlovning 
o‘rnini 
mustahkamlashga qaratildi.Yurtimizda juda ko‘plab millat va elatlar yashaydi. Ular 
har bir sohada yurtimiz ravnaqi uchun mehnat qilib kelmoqdalar. 
Konstitutsiyamizning 
18-moddasida 
ta’kidlanganidek, 
“O‘zbekiston 
Respublikasi barcha fuqarolar bir-xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, 
millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy 
nazar, qonun oldida tengdirlar’’. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilab qo‘yiladi 
hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart. Bizning Konstitutsiyamiz 
huquq va erkinliklarimizning kafolatidir. Mamlakatimizda inson manfaatlari hamma 
narsadan ulug’ degan tamoyil asosida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. 
Aholi o‘rtasida sayyor uchrashuvlar, xalq bilan yuzma-yuz muloqotlar o‘tkazilib, 
ularning orzu istaklari, turli muommolari o‘z yechimini topdi. Allbata, xalqimizning 
bunday orzu istaklarning ro‘yobi ularni yanada jipslashtirdi. Ertangi kunga bo‘lgan 
ishonchini mustahkamladi 
Yurtimizning har bir go‘shasida 4 ta sektor faoliyat olib borib, ular hududdagi 
har bir xonadonga kirib, xonadon egalarini qiynayotgan muommolar, tashvishga 
solayotgan 
masalalarni 
tahlil 
etib 
zarur 
choralar 
ko‘rmoqdalar.Bundan 
tashqari 
har 
bir 
tuman, 
shaharda 
Prezidentimiz tashabbusi bilan “Xalq qabulxona”lari tashkil etildi. 



Yüklə 445,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə