Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc



Yüklə 295,77 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/82
tarix21.06.2023
ölçüsü295,77 Kb.
#118381
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   82
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar

 
Eri uchun bezanmoq:
Ayol yaratilishi jihatidan go‘zal bo‘lsa-da, bu go‘zallikni ziyoda qiluvchi ziynatdan uzoq 
bo‘lmasligi kerak. Avvalo, bu eri oldidagi vazifasidir. 
Ummu Laylo dedilar: “Bizga Rasululloh (s.a.v.) bay’at etdik. Bizga bergan buyruqlari 
orasida shular bor edi: “... oyoqlaringizga xina qo‘ying, g‘usl qilganda sochlaringizni 
tarang, qo‘llaringizga xina qo‘ying. Kuchingiz yetsa, kumush bilakuzuk taqing. Kuchingiz 
yetsa, qayish (uzun ingichka teri – sirim) ishlating, faqat aslo erkaklarga o‘xshamang”. 
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ayollarni erlari, mahramlari oldida pardoz-andoz qilib, 
taqinchoqlar taqib orasta yurishdan qaytarmaganlar, aksincha shunga buyurardilar ham. 
Faqat ayol eri o‘lsagina pardoz qila olmas edi. Bu xususda ushbu hadis kelgan. Ummu 
Atiyya: “Biz ayollar o‘likka uch kundan ortiq aza tutmoqdan qaytarildik, er o‘lsagina 4 
oyu 10 kun aza tutmoq mumkin edi. Bu muhlat mobaynida na surma, na atir-upa va na 
yamaniy kiyim kiyar edik” dedilar.
Mashhur arab adabiyotchisi Asmoiy (749/828) naql etadilar: “Cho‘lda bir ayolni ko‘rdim, 
qirmizi ko‘ylak kiygan, qo‘llariga xina qo‘ygan. Ayni zamonda qo‘lida tasbehi ham bor
buni ko‘rib “tasbeh ne, bu bezak ne”, dedim. Ayol: “Mening bir Allohga oid bo‘lgan, bir 
nafsim va bo‘sh vaqtimga oid bo‘lgan tarafim bor”, degan ma’noda she’r aytdi. Bildimki, 
u eri uchun bezangan yaxshi xotin ekan”.
Shuni ham unutmaslik kerakki, agar bir xotin go‘zal bo‘lsa, bu bilan erini kamsitmasligi
unga g‘urur qilmasligi kerak. 
Yana Asmoiy sahro sarguzashtlaridan so‘zlaydilar: 
«Cho‘lga chiqdim. U yerda g‘oyat go‘zal ayolni ko‘rdim, eri juda yoqimsiz edi. “Bunga 
qanday rozi bo‘lding?”, dedim. Menga shunday dedi: “Jim bunday gapirma, har holda 
erim, Allohga xush keluvchi bir ish qilgandirki, mukofot sifatida meni unga berdi. Men 
Alloh rozi bo‘lmaydigan bir ish qilgandirmanki, jazo sifatida uni menga bergandir. Alloh 
rozi bo‘lganiga men rozi bo‘lmayinmi?”. Men jim bo‘ldim”. Ayollarimiz masalaga shunday 
yondosha olsalar edi, turmush muammolari osonroq hal etilardi. 
Hozir musulmonman, degan ba’zi ayollarimiz G‘arb ayollariga monand pardoz-andoz 
qilishga ko‘p xunuk taqlidlar qiladilar. Ba’zi holatlar Islom dinida aytib o‘tilgan:

Yüklə 295,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə