Dinning mohiyati, tuzilishi va funksiyalari. Reja: Din-ijtimoiy ong shakli, muayyan turmush va tafakkur tarsi, ma’naviy qadriyat sifatida



Yüklə 2,48 Mb.
səhifə1/23
tarix23.12.2023
ölçüsü2,48 Mb.
#157436
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
dinning mohiyati tuzilishi va fun


DINNING MOHIYATI, TUZILISHI VA FUNKSIYALARI.
REJA:
1.Din-ijtimoiy ong shakli, muayyan turmush va tafakkur tarsi, ma’naviy qadriyat sifatida.
2.Dinning jamiyat va shaxs ma’naviyati yuksalishidagi, komil insonni tarbiyalashdagi ahamiyati. Dinning strukturasi.
3.Dinning ijtimoiy funksiyalari.
Tayanch tushunchalar: Dinga berilgan ta’riflar. Din-ijtimoiy ong shakli, muayyan turmush va tafakkur tarsi, ma’naviy kadryat sifatida. Dinning jamiyat va shaxs ma’naviyati yuksalishidagi, komil insonni tarbiyalashdagi ahamiyati. Dinning strukturasi. Dinning ijtimoiy funksiyalari: dunyoqarashni shakillantirish, yosh avlodni tarbiyalash, tartibga solish, birlashtirish, tasalli berish, aloqa o’rnatish va x.k. Dinlar tasnifi.


2.1. Din-ijtimoiy ong shakli, muayyan turmush va tafakkur tarzi, ma’naviy qadriyat sifatida. Kishilik jamiyatida din doimo u bilan birga bo’lganmi yoki qandaydir davrda jamiyat dinsiz yashaganmi, degan savolga turli fikrlar bildirilgan. Bu - dinning tarixiyligi masalasi bo’lib, unga ikki xil javob berganlar. Birinchisi, marksistik ta’limotning sobiq tarafdorlari fikricha, «qandaydir muddat insoniyat dinsiz yashagan va jamiyatning muayyan bosqichida - yuqori paleolit davrida, bundan 20-40 ming yil avval din paydo bo’lgan», deyilgan. Ikkinchisi, «dinning kelib chiqishi insoniyatning paydo bo’lishi bilan bevosita bog’liq», degan fikrdir.
Diniy tafakkurning shaxsiy yoki ijtimoiy ildizlari muammosini hal qilish bilan dinning kelib chiqishi muammosini hal qilish mumkin bo’ladi. E.Taylor kabi evolyusion yo’nalishdagi pozitivistlarning chiqargan xulosasiga ko’ra, dinning ildizini «faylasuflik qilgan yovvoyi odam»ga taqaydilar. Ya’ni, «u o’z-o’ziga borliq, o’zini o’rab turgan olamning paydo bo’lishi va o’zi kuzatgan hodisalarning haqiqati haqida savol bergan. Unda fikrlash yuqori darajada bo’lmagan. Shundan so’ng unda ruhlar, xudolar, farishtalar haqida tasavvurlar paydo bo’lgan».
Dinning kelib chiqishi haqida yana bir nazariya mavjud: «Birinchi yolgonchi birinchi nodonni uchratganda din paydo bo’ldi». Bunda din yomon niyatli kishilarning o’ylab topgan narsasi bo’lib chiqadi. Bu ikkala nazariya ham hech qanday ilmiy asosga ega emas.
Faylasuflik qilgan yovvoyi odam konsepsiyasi bo’yicha «ibtidoiy odam yolg’iz holdagi chuqur fikr yurituvchi bo’lgan. U o’z oldiga ulkan savollarni qo’ygan. Bu savollar uning kundalik hayotida kerak emas edi. Shuni ham unutmaslik kerakki, ibtidoiy odamning fikr yuritishi uning kundalik ishlab chiqarish faoliyati bilan bog’liq bo’lgan. Bu faoliyatning tabiati, shart-sharoitlari birgina odamga tegishli bo’lib qolmay, barchaga barobar, ijtimoiy gruppa, qabila, urug’, xalqqa tegishli edi».
Dinning kelib chiqishi «bir odam boshqalarni aldashi natijasida kelib chiqqan», degan fikr ham tanqidga uchragan. Boshqa fikrga ko’ra, «din - bu jamiyatdagi kishilarning baravariga o’z-o’zini aldashi natijasida kelib chiqqan. Shuning uchun ham din ijtimoiy hodisadir degan xulosaga kelish mumkin», deydilar.
Din insonning ruhiy dunyosi bilan chambarchas bog’liq bo’lib, uning ijtimoiy hayotida doimo u bilan birga bo’ldi. Shuning uchun ham dinni o’rganish - bu insoniyatni o’rganish demakdir. Dinni insoniyatdan, insoniyatni dindan ajratib bo’lmasligini tarixning o’zi isbotladi. «Kommunistik jamiyatda din yo’q bo’lib ketadi» deyilgan fikrning aksicha kommunizm xayoliy narsa­yu, din doimiy ekanligi amalda isbotlandi. Demak, din insoniyat bilan birga dunyoga kelgan.
Dinlar unga e’tiqod qiluvchilarning soni, miqyosi, o’zining ma’lum millat yoki xalqqa xosligi yoxud millat tanlamasligiga ko’ra turli guruhlarga bo’linadi. Bu guruhlar son jihatdan qancha bo’lishidan yoki nazariy jihatdan qanchalik etuk bo’lishidan qat’i nazar, ularni mutlaqlashtirib bo’lmaydi. Chunki har qanday tasnif ma’lum bir jihatga e’tibor berib, boshqa qirralarni qamrab ololmaydi. Hozirgi kunda din tipologiyasida dinlarning quyidagi tasniflari mavjud:
- tarixiy-geografik jihatga ko’ra;
- etnik jihatga ko’ra;
- e’tiqod qiluvchilarining soniga ko’ra;
- hozirgi davrda mavjudligi jihatidan (tirik va o’lik diniy tizimlar) va h.k.
I. Tarixiy-geografik tasnif.
1) O’rta yer dengizi havzasi dinlari:
a) grek;
b) Rim;
v) ellinistik.
2) Qadimiy Yaqin va O’rta Sharq dinlari:
a) Misr;
b) Shumer;
v) Akkad;
g) g’arbiy-somiy;
d) islomgacha arablar dinlari.
3) Yaqin va O’rta Sharqning payg’ambarli dinlari:
a) zardushtiylik;
b) yahudiylik;
v) xristianlik;
g) manixeizm;
d) islom.
4) Hindiston dinlari:
a) vedalar dinlari;
b) hinduizm;
v) hind buddizmi (teravada, maxayana);
g) jaynizm.
5) Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo dinlari:
a) Shri-Lanka, Tibet, Janubi-Sharqiy Osiyo havzasi buddizmi;
b) Xitoy dinlari (daosizm, konfusiychilik, buddizm maktablari);
v) Koreya va Yaponiya dinlari.
6) Amerika hindulari dinlari:
a) toltek va asteklar dinlari;
b) inklar dinlari;
v) mayyalar dinlari.
II. Etnik tasnif.

Yüklə 2,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə