Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
100 картина (1)




 
Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan
100 ta kartina 
 
 
 
 
 



Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina 
Qadimgi dunyo vakillari asarlari 
1. Altamir g'orlaridagi tasvirlar.
(Tahminan 15 ming yil avval chizilgan)
Altamir (La cueva de Altamira) - Ispaniyadagi yuqori paleolit davriga oid (Solutrey 
madaniyati) polixrom g'or. Uzunligi 270 metr bo'lgan g'or bir qator koridor va 
zallardan iborat. Asosiy zal uzunligi 18 metr va balandligi 2 metrdan 6 metrgacha. Bir 
muddat g'orda faqat hayvonlar yashagan. G'ordagi rasmlarda bizon, otlar, yovvoyi 
cho'chqalar, palma izlari va boshqalar tasvirlangan. Ularni tasvirlashda ko'mir, 
gematit va boshqa tabiiy ranglardan foydalanilgan.
Altamir g'ori 1868-yilda ovchi Modest Kubillas Peras tomonidan topilgan. U o'ljani 
ta'qib qilish paytida tosh parchalariga oyog'i kirib qolgan itini ozod qilmoqchi 
bo'lganida kirish eshigini to'satdan ochib yuboradi. 1879-yilda xavaskor arxeolog 
Marselino Sans de Sautuola 9 yoshli qizi Mariya bilan g'orga keladi. (O'sha kuni qizini 
enagaga tashlab kelolmagandi) Shunda qizaloq dadasiga g'or devorlaridagi chizmalar 
ko'rsatadi. Shundan keyin g'or mashxur bo'lib ketadi. 
1880-yilda g'orda olib borilgan qazishma ishlari natijalari nashr etiladi va rasmlar 
tarixiyligi poleolit davriga borib taqalishi ma'lum qilinadi. Ammo boshqa olimlar bu 
gaplarni rad etib, arxeologlarni chizmalarni qalbakilashtirishda ayblashadi. G'orda 
qazish ishlari 1902-1904, 1924-1925 va 1981-yillarda olib borilgan. 
G'ordagi bizon tasviri 
2. Shovye g'oridagi tasvirlar.
(Tahminan 30 ming yil avval chizilgan)



Fransiyaning janubidagi Ardeche daryosi vodiysidagi kichik Vallon-Pont-d'Ark shahri 
yaqinidagi Shovye g'ori ham o'zining qoyatosh suratlari bilan mashhur. U 1995-yil 13-
oktyabrda Fransiya tarixiy yodgorliklari ro'yxatiga kiritilgan. 2014-yilda esa Jahon 
madaniy merosi ro'yxatiga qo'shilgan. Hajm jihatidan Lasko g'oridan kattaroq. 
Shovye g'ori umumiy uzunligi 800 metr va balandligi 18 metr bo'lgan zallar va 
galereyalarni o'z ichiga oladi. Ushbu g'orda bundan 37,000 - 33,500 yil oldin odamlar 
yashaganlar. G'ordan 435 dan ortiq hayvon tasvirlari topilgan. Ushbu qoyatosh 
rasmlari dunyodagi g'or san'atining eng qadimiy na'munalaridan biridir. Shovye g'ori 
muzlik bilan qoplangani tufayli tashqi dunyodan uzilib qolgani sababli mukammal 
holatda saqlangan. U 1994-yil 18-dekabrda uchta speolog - Jan-Mari Shovye, Eliet 
Bryunel va Kristian Iller tomonidan ochilgan. 
Shovye g'ori devorlarida tasvirlangan Tarpanlar (yo'qolib ketgan ot turi) surati 

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə