Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
100 картина (1)

XIII–XV asrlar 
3. Cheng Rong "To'qqiz ajdaho".
(1244-yil)
Ushbu kartina xitoylik rassom Cheng Rong tomonidan 1244-yilda chizilgan. Unda 
bulut va tumanlar hamda tog'lar va olov orasidan ko'tarilayotgan 9 ta ajdaho 
tasvirlangan. Kartina tabiatning dinamik kuchlari va daosizm g'oyalariga ishora 
qiladi. Undagi ajdaholar Ajdarlar qirolining o'g'illari sifatida e'tirof etilgan. Ularning 
soni to'qqizta ekani sababi esa ushbu raqamning xalq e'tiqodida muqaddas deb 
hisoblanishi bilan bog'liq.
Kartina 1917-yil 14-iyunda "Yamanaka and Co." kompaniyasi tomonidan "Boston 
tasviriy san'at muzeyi"ga 25 000 dollarga sotilgan. Bir nechta epizodlarni o'z ichiga 
olgan kartinani o'qish o'ng tomondan boshlanib, chapda tugaydi. Chap tomonda 



kolofonlar (asar haqida kichik ma'lumot) bor. Ular orasida Chjan Sicheng va Dong 
Sikyu kabi Sun sulolasi amaldorlariga tegishli yozuvlar ham mavjud. Ikkita yozuvni 
esa rassomning o'zi yozgan. 
4. Andrey Rublyov "Uchlik".
(1427-yil)
Rus rassomi Andrey Rublyov qalamiga mansub Muqaddas uchlik ikonasi XV asrga 
oid durdona asar hisoblanadi. Unda - kosa turgan stol atrofida o'tirgan uchta farishta 
tasvirlangan. Orqa fonda uy, daraxt (Mamvra emani) va tog' (Moria tog'i) rasmini 
ko'rish mumkin. Farishtalar shunday shakllantirilganki, ularning shakliy chiziqlari 
o'ziga xos yopiq doirani tashkil qiladi.
Ikonaning kompozitsion markazi - kosa. Ikonada faol harakat elementlari yo'q - 
figuralar harakatsiz holda o'ychan o'tirishibdi, ularning qarashlari esa mangulikka 
yo'naltirilgan. Ikona asosida Bibliyaning «Avraam mehmondo'stligi» syujeti yotadi.



5. Rober Kampan "Merode altari".
(Tahminan 1432-yil)
Niderland rassomi Rober Kampan qalamiga mansub deb hisoblanadigan (chunki, na 
sana, na imzo mavjud) ushbu triptix (umumiy badiiy g
ʻ
oya, mavzu yoki syujet bilan 
birlashgan va 3 qismdan iborat tasviriy san
ʼ
at asari) Nyu-Yorkdagi "Kloyster" 
("Metropoliten muzeyi" filiali) muzeyida saqlanadi.



Kartinaga ikkinchi jahon urushigacha belgiyalik aristokratlar - Merode oilasi egalik 
qilgani uchun shunday nom olgan.
Chap tomondagi suratda bog'da tiz cho'kib turgan donatorlar (buyurtmachi), 
markazda muqaddas Bibi Maryam, o'ng tomonda esa - duradgorlik bilan mashg'ul 
Iosif tasvirlangan. San'at tarixchilarini, ayniqsa 1425 yoki 1428-yillarda Kampen 
ustaxonasida, ehtimol uning o'zi tomonidan chizilgan markaziy qism juda ham 
qiziqtiradi. Triptixning yaratilish tarixi noma'lum. U 1956-yilda Kichik Jon Rokfeller 
tomonidan sotib olingan va "Kloyster" muzeyiga sovg'a qilingan. 

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə