Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina


 Leonardo da Vinchi "Oqsuvsar tutgan xonim"



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
100 картина (1)

10. Leonardo da Vinchi "Oqsuvsar tutgan xonim".
(1490-yil)
Leonardo da Vinchi qalamiga mansub asar. Tadqiqotchilar fikricha kartinada 
Milanning "Il Moro" laqabli gersogi - Lodoviko Sforzaning sevgilisi - Sesiliya 
Galleraning surati tasvirlangan. Avvallari bu ayol Leonardoning boshqa bir kartinasi 
- "Go'zal Ferronyera" portretida ham tasvirlangan degan farazlar bor edi, ammo 
keyinchalik ma'lum bo'ldiki, u asarda gersogning keyingi sevgilisi - Lukretsiya Krivelli 
tasvirlangan ekan.
"Oqsuvsar tutgan xonim" kartinasidagi ayolning peshonasi ingichka mato bilan 
boylangan. Uning bo'ynida qora marvarid marjonlar. Portretda Sesiliya chapga qarab 
turgandek ko'rinadi -va go'yo ko'rinmas odamni tinglayotganga o'xshaydi. Uning 
qo'lida oq suvsarning tasvirlanishi haqida turli tahminlar bor. Ulardan biriga ko'ra, 


11 
oq mo'ynali jonivor poklik ramzi hisoblangan. Bu orqali Leonardo gersogning 
xushtoriga bir tomondan pokizalik baxsh etgan bo'lsa, ikkinchi tomondan turmushga 
chiqmagan ayolning gunohlarini yashirishga uringan. Tadqiqotchilardan birining 
fikricha, portret chizilayotganda Sesiliya xomilador bo'lgan. Jonivor surati 
kompozitsion xususiyat kasb etishi bilan birgalikda yosh xonimning xomilador 
qornini berkitib ketgan. 
11. Leonardo da Vinchi "Mahfiy kecha".
(1498-yil)
Leonardo da Vinchi va uning shogirdlari tomonidan ishlangan ushbu mahobatli 
kartinada Iso Masihning o'z havoriylari bilan oxirgi marta birga ovqatlanish sahnasi 
tasvirlangan. Kartina 1495-1498-yillarda Milandagi Santa-Mariya delle Gratsiya 
monastiri devorlariga gersog Lyudovik Sforza va uning rafiqasi Beatriche d'Este 
buyurtmasi asosida chizilgan. Buni rasmning yuqori burchagiga tushirilgan Sforza 
oilaviy gerbidan ham bilish mumkin.
Kartinaning dastlabki uch qoralamasi Leonardoning yordamchisi tomonidan 
tayyorlangan. Kartina nam gipsga emas, quruq devorga chizilgan. Shu tufayli uni 
freska deb atash biroz xato. Kartinada havoriylar Iso Masih atrofida 3 guruhga 
bo'lingan holda tasvirlangan (o'ngdan chapga): 
-Varfolomey, 
Iakov 
Alfeyev 
va 
Andrey; 
-Iuda Iskariot (yashil-ko'k aralash rangdagi kiyimlarda), Petr va Ioann; 
-Iakov 
Zevedeyev, 
Foma 
va 
Filipp 
-Matfey, Iuda Faddey va Simon. 
Kartinada Iso Masihning havoriylardan biri unga hiyonat qilishi haqida aytayotgani 
tasvirlangan. Leonardo havoriylar yuzini tomoshabinga ko'rinadigan qilib 
tasvirlashga harakat qilgan. O'sha davrlardagi bu mavzuda chizilgan boshqa 
kartinalarda Iuda -Masih va 11 havoriyidan alohida yoki hamma nimb bilan 
tasvirlangani holda nimbsiz tasvirlanardi. Ammo Leonardo bunday yo'l tutmaydi. 
Iudaning qo'lida kichik hamyonchani ko'rish mumkin. Balki, bu sotqinlik uchun 
olingan pullardir... Iso xoin bir vaqtning o'zida o'z nafsi uchun ham xizmat qilishini 
aytadi. Iuda ovqat yeyotgan idishning bo'shligi va Iso unga o'ng qo'lini uzatayotganini 


12 
payqamaydi. Shu bilan birga, Iso non va sharobga ishora qilmoqdi, bu esa gunohsiz 
tana va qonni anglatadi. 

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə