Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina


 Leonardo da Vinchi "Madonna Litta"



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
100 картина (1)

12. Leonardo da Vinchi "Madonna Litta". 
(1491-yil)
Leonardo da Vinchi qalamiga mansub ushbu mashhur asar hozirda Ermitaj Davlat 
muzeyida saqlanadi. Kartinaning bunday nomlanishiga Milanlik Litta oilasi sababchi 
bo'lgan. Sababi kartina uzoq vaqt mobaynida ushbu oila qo'l ostida saqlangan. Ayrim 
san'atshunoslar kartinani Leonardo emas, uning shogirdi Jovanni Boltraffio yoki 
Marko d'Odjono chizgan deb hisoblashadi.
Kartinada qo'lidagi chaqaloqni ko'krak suti bilan oziqlantirayotgan ayol tasvirlangan. 
Fon qismida ikki derazali devor bor. Devordan tushgan yorug'lik ko'zga yaqqol 
tashlanib, uning soyasini yanada qorong'i qilib turadi. Ayol farzandiga muloyim va 
o'ychan nigoh bilan termulmoqda. Uning lablarida tabassum sezilmaydi, faqat 
labning burchaklarida mayin kulgi ifodasi mujassam. Bola onasining ko'kragini o'ng 
qo'li bilan ushlagancha tomoshabinga beparvo qaramoqda.
Asar Milan hokimi uchun chizilgan bo'lsa-da keyinchalik mahalliy aristokrat oila - 
Littalar qo'liga o'tgan va bir necha asr davomida ularning shaxsiy to'plamida bo'lgan. 
Kartinaning asl nomi - "Chaqaloq tutgan Madonna".


13 
XVI asrlar 
13. Ieronim Bosx "Daxshatli sud".
(1504-yil)
Ieronim Bosx qalamiga mansub ushbu triptix 1504-yilda Niderlandiya gubernatori 
Filipp Chiroyli (Gabsburg) buyrug'iga binoan chizilgan deb taxmin qilinadi. Asar 
Bosxning saqlanib qolgan eng yirik asari hisoblanadi.


14 
Kartina syujetini tushunib olish uncha qiyin emas. Bu mavzuda badiiy ta'sirning ulkan 
kuchi bilan ajralib turadigan ko'plab kartinalar yaratilgan. Ammo Bosxdan oldin yoki 
undan keyin birorta ham rassom yuksak ijodiy kuchga ega va qo'rqinchli 
mavhumlikni bu qadar obrazli tasvirlay olmagan. Bu, ayniqsa, yer osti dunyosi 
qiyofasida namoyon bo'ladi. Shu tufayli bo'lsa kerak, Bosxning zamondoshlari rassom 
jahannam mahluqlarini shaxsan ko'rganiga va ularni aniq tasvirlab berganiga 
ishonishgan. Chunki o'rta asrlarda bunday imkoniyat hech kimni ajablantirmasdi
shuningdek odamlar bu qadar aniq tasvir uchun do'zaxdan qochish kerakligiga 
ishonardilar. Ushbu triptixda barcha halokatli gunohlar aks ettirilgan.

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə