Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina


 Rafael Santi "Galatea triumfi"



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53
100 картина (1)

17. Rafael Santi "Galatea triumfi".
(1512-yil)
Rassom Rafael Santi tomonidan 1512-yilda yaratilgan ushbu asar Rimdagi Farnezina 
villasi uchun ishlangan freska hisoblanadi. Ushbu villa o'sha davrning eng boy 
odamlaridan biri - Sienalik bankir Agostino Kidji uchun qurilgandi. 
Grek afsonalariga ko'ra, go'zal nereida (qadimiy grek mifologiyasida dengiz ilohlari, 
nimfalar, Nereyaning va okeanida Doridaning qizlari, tashqi ko'rinishi suv parisiga 
o'xshaydi) Galatea cho'pon Akidaga oshiq bo'lib qolgandi. Galateani jonidan ortiq 
sevuvchi siklop Polifem Akidani toshga urib halok qiladi. Galatea baxtsiz sevgilisini 
ko'rkam va shaffof daryoga aylantirib qo'yadi. Ammo Rafael asl syujetdan qochadi 
hamda Galateani o'g'irlanishi sahnasini yaratishga harakat qiladi.


18 
18. Rafael Santi "Sikstin Madonnasi". 
(1514-yil)
Rafael Santining shedevr asari 1754-yildan beri Drezdendagi galereyada saqlanadi. 
Pyechentsedagi muqaddas Sikst II monastiri altari uchun Rim papasi Yuliy II 
buyurtmasi asosida chizilgan. Ayrim farazlarga ko'ra 1512-13-yillarda yuz bergan 
Fransiyaga qarshi urushdagi g'alaba sharafiga chizilgan. Shuningdek XVIII asrda 
Yuliy II bu kartinani o'z qabri uchun chizdirgani, Madonna uchun model Rafaelning 
sevgilisi Fornarina bo'lgani, muqaddas Sikst obrazi esa Yuliyning o'zidan olingani
shuningdek muqaddas Varvara uchun uning jiyani Juliya Orsini model bo'lgani 
haqida gaplar yuradi. XVIII asrda kartina Drezdendagi Korredjio kolleksiyasi bir 
qismiga aylangan.
Kartinada chaqaloq ko'tarib olgan Madonna yonida papa Sikst II va muqaddas 
Varvara bilan turganini, pastda esa Yaratganning yaqinlashishini kutayotgan ikkita 
jajji farishtalar tasvirlanganini ko'rish mumkin. Bu - tomoshabin kompozitsiyaga 
kiritilgan dastlabki kartinalardan biri hisoblanadi: Madonna go'yoki samodan aynan 
tomoshabinni kutib olish uchun tushib kelayotgandek va uning ko'zlariga qarab 
turgan holatda tasvirlangan. Rafael Madonna orqali onaning o'z farzandiga bo'lgan 
mehri va u haqida tashvishlanayotganini tasvirlashga harakat qilgan. Uning kiyimlari 
juda ham oddiy, oyoqyalang holda bulutlar uzra yurib kelmoqda... Papa Sikst II o'ng 
qo'lida 6 barmoq bilan tasvirlangan. Bu ham uning ismiga ishora qiladi.
Rassom orqa fonda bulutlar orasida farishtalar boshini tasvirlagan. Pastki qismdagi 
ikkita farishta esa ko'plab otkritkalar yaratilishiga sabab bo'lgan. Ba'zi 
san'atshunoslarning ta'kidlashicha, ular tobut qopqog'i ustida turishibdi. Chap 
tomondagi farishta negadir faqat bitta qanot bilan chizilgan. 


19 

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə