Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina


  99. Rene Magritt, "Insoniyat farzandi", 1964



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
100 картина (1)

 


97 
99. Rene Magritt, "Insoniyat farzandi", 1964.
Belgiyalik syurrealist Rene Magritt qalamiga mansub ushbu kartina 1964-yilda 
chizilgan bo'lib, uning eng mashhur asarlaridan biri hisoblanadi.
Magritt ushbu kartinani avtoportret sifatida chizgan. Unda pastak devor yonida 
turgan palto, kamzul va shlyapa kiygan odam tasvirlangan bo'lib, uning orqasida 
dengiz va bulutli osmonni ko'rish mumkin. Odamning yuzi deyarli to'liq yashil olma 
bilan berkitilgan. Kartinada zamonaviy biznesmen tasvirlangan deb hisoblanadi. U 
tartibli va zamonaviy kiyingan bo'lsa-da ammo baribir nafs qutqusi tufayli olmani 
tishlagan Odam Ato farzandi edi. 
Magritt kartina haqida shunday degan: 
Biz ko'rgan narsalarning barchasi boshqa narsani yashiradi, biz har doim ko'rgan 
narsamiz bilan yashirin bo'lgan narsalarni ko'rishni xohlaymiz. Yashirin bo'lgan 
narsaga qiziqish mavjud va ko'rinadigan narsa bizni qiziqtirmaydi.
 
 
 


98 
100. Endi Uorxoll, "Merilin diptixi", 1962.
"Merilin diptixi" amerikalik rassom Endi Uorxol tomonidan 1962-yilda pop-art 
uslubida ishlangan mashhur kartina. Rassom kartina ustida 1962-yil avgustda, 
Merilin Monroning o'limidan bir hafta keyin ish boshlagan. Trafaret bosish usulidan 
foydalangan Uorxol 1953-yil "Niagara" filmi tasvirga olish jarayonida olingan 
mashhur fotografiyaning bir xil holatdagi ellik xil nusxasini yaratishga erishadi.
Diptixning chap tomonida Mongnroning yorqin rangdagi yigirma beshta surati 
joylashgan bo'lsa, o'ng tomonida oq-qora rangdagi yana 25 ta surati o'rin egallagan. 
Asarni yorqin, to'yingan rangli hamda nostandart rangsiz qismlarga bo'lish orqali 
rassom Merilin Monroning hayoti va o'limi o'rtasida o'zaro mutanosiblik hosil 
qilishga uringan. 
"Merilin diptixi" 2011-yildan beri Liverpulda "Teyt" galereyasi filialida namoyish 
etiladi. 2004-yil 2-dekabrda "The Guardian" nashri kartinani 500 ta eng zo'r 
zamonaviy san'at asarlari ro'yxatida uchinchi o'ringa munosib ko'rgan. 

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə