Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina


Vasiliy Kandinskiy, "Kompozitsiya №7", 1913



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
100 картина (1)

89. Vasiliy Kandinskiy, "Kompozitsiya №7", 1913.
Vasiliy Kandinskiyning "Kompozitsiya №7" asari Tretyakov galereyasi to'plamidagi 
eng mashhur asarlardan biridir. U 1913-yilda Germaniyada chizilgan. Mavhum 
rasmning bo'lajak muallifi Vasiliy Kandinskiy Moskvada tug'ilgan. U yaxshi ma'lumot 
olib Moskva universitetining yuridik fakultetini tamomlaydi. Ammo 30 yoshida 
professorlik lavozimini tashlab, rasm chizishni o'rganish uchun Myunxenga jo'nab 
ketadi. 1911-yilda Kandinskiy o'zining "San'atda ma'naviylik to'g'risida" deb 
nomlangan birinchi kitobini nashr etdi. Asar nomoddiy san'atga bag'ishlangandi. 
Tomoshabinning kartinadan oladigan taassuroti nimaga bog'liq? Tasvirlangan 
obyektmi yoki ranglar va shakllarning kombinatsiyasi? Asarda shu mavzu ochib 
berilgandi.
Tadqiqotchilar Kandinskiy "Kompozitsiya №7"ni dunyo yangilanishi haqidagi Bibliya 
motivlari asosida chizgan deb izohlashadi. Kartinaning chap tomonida qum tomon 
to'lqinlar tarqalayotgani hamda suv yuzasida qora qayiqlar suzayotganini ko'rish 
mumkin. Buyuk To'fonning yomg'iri tingach suv pasaya boshlaganda, osmonda 
kamalak paydo bo'ladi. Bu Yaratgan va odamlar o'rtasidagi kelishuv belgisi edi.
1921-yilda Kandinskiy Rossiyani tark etadi. 1933-yilda Germaniyada natsistlar 
hokimiyatga kelgach, u Fransiyaga ko'chib o'tgan va 1944-yilda Parij yaqinidagi Neyi-
syur-Sen degan joyda vafot etgan. 
 
 
 


88 
90. Kazimir Malevich, "Qora kvadrat", 1915.
"Qora supermatistik kvadrat" 1915 yilda Kazimir Malevich tomonidan chizilgan 
kartina. Dunyo tasviriy san'atidagi eng ko'p muhokama qilinadigan hamda eng 
mashhur kartinalardan biri. 
"Qora kvadrat" Kazimir Malevichning supermatistik asarlar siklining bir qismi, unda 
rassom rang va kompozitsiyaning imkoniyatlarini o'rgangan. U triptixning bir qismi 
bo'lib, ushbu triptixga bundan tashqari "Qora doira" va "Qora xoch" ham kiradi. 
Bu kartina yaratilgan davrlarda rassom o'zini kubizm, futurizm va mavhum realizm 
(alogizm) yo'nalishlarida sinab ko'rayotgandi. Kartina aynan alogizm yo'nalishida 
chizilgan.

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə