91
93. Grand Vud, "Amerikacha gotika", 1930.
Amerikalik rassom Grand Vud tomonidan 1930-yilda yaratilgan kartina XX asrdagi
Amerika tasviriy san'atining eng taniqli (shuningdek, eng ko'p parodiya qilinadigan)
asari hisoblanadi.
Kartinada o'z uyi fonida qizi bilan turgan fermer tasvirlangan. Ko'rinib turganidek, uy
o'rta asrlar gotika uslubida qurilgan. Fermer o'ng qo'lida, huddi qurolni ushlab
turgandek, panshaxani mahkam tutib turibdi. Ayrim tanqidchilar fikricha, bir biriga
qattiq qadalgan lablar, otaning og'ir nigohi, qiziga botib turgan tirsagi, qizning esa ota
tomonga jahl bilan qarab turishi... hamma hammasi asarga o'zgacha jozibasizlik
taqdim etolgan. Ha, ha aynan jozibasizlik!
Qiz allaqachon modadan qolgan ust-bosh kiyib olgan.
Rassomning singlisi
ta'kidlashicha, bunday harakterni yuzaga keltirishda onasining eski kiyimlarining
o'rni katta bo'lgan. Fermerning kiyimidagi choklar uning qo'lidagi panshaxa shakli
bilan bir xil. Panshaxa konturlari orqadagi uy derazasida ham takrorlangan. Qizning
o'ng yelkasi orqa planida qandaydir gullar o'tqazilgan tuvaklar tasvirlangan. Ushbu
o'simliklardan biri ham panshaxa konturlarini takrorlagan.
Uzoqdan cherkov
minorasi uch qismi ko'rinib turibdi. Uning shakli ham o'tkir tig' ko'rinishida.
Fermerning chap yelkasi orqa fonida esa ombor tasvirini ko'rish mumkin. Kartina
personajlarining bu tariqa tasvirlash orqali rassom 1920-yillardagi "yangi
materializm" davri odamlarining tashqi ko'rinishi ochib berishga harakat qilgan.
92
94. Pit Mondrian, "Qizil, ko'k va sariq kompozitsiyasi", 1930.
"Qizil, ko'k va sariq kompozitsiyasi" - 1930-yilda abstraksizm asoschilaridan biri
bo'lgan golland rassomi Pit Mondrianning tomonidan chizilgan kartina.
Golland
harakati "De Stijl" doirasida yaratilgan. Mondrian ham bu harakatning taniqli
vakillaridan biri hisoblangan va abstrakt uslubning
mashhurlashishiga hissa
qo'shgan.
Parijga ko'chib kelib o'qiganidan so'ng rassom Gollandiyaga qaytishni istaydi, lekin
Birinchi Jahon urushi boshlanishi bunga to'sqinlik qiladi. Parijda qolishga majbur
bo'lgan Mondrian bir nechta rassomlar bilan tanishadi hamda ular bilan birga "De
Stijl" harakariga asos soladi.
Mondrian o'zining "Rassomchilikda neoplastitsizm" degan badiiy manifestida "De
Stijl" yo'nalishi nima ekaniga aniqlik kiritishga harakat qilgan. Bu haqidagi fikrlarini
"Qizil, ko'k va sariq kompozitsiyasi" kartinasida to'liq aks ettiradi.
Kartinada qizil,
ko'k, sariq, qora va oq ranglarni ishlatilib, gorizontal va vertikal chiziqlar bir-biriga
qarama-qarshi qo'yiladi.