Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina


Salvador Dali, "Xotira abadiyligi", 1931



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
100 картина (1)

95. Salvador Dali, "Xotira abadiyligi", 1931.
"Xotira abadiyligi" rassom Salvador Dalining eng mashhur kartinalaridan biri. 1934-
yildan beri Nyu-Yorkdagi "Zamonaviy san'at muzeyi"da saqlanadi. Shuningdek, 
"Yumshoq soatlar", "Xotira mustahkamligi", "Xotira qat'iyligi", "Vaqt o'tishi" yoki 
"Vaqt" deb ham nomlanadi. 
Ushbu kichik kartina (24x33 sm), ko'pchilik tomonidan Dalining eng mashhur asari 
deya baholanadi. Osilib turgan hamda oqayotgan soatlarning yumshoqligi - bu 
vaqtning o'ziga xos tushunilishining ifodasi. Syujetda Dalining o'zi ham uxlab yotgan 
bosh shaklida namoyon bo'ladi. Rassom syujet g'oyasini kamamber pishlog'idan 
olganini ta'kidlaydi. Kartinani chizish uchun ikki soat vaqt kerak bo'lgan. O'sha kuni 
kechqurun kinoteatrdan qaytib kelgan Gala (Dalining xotini) "Xotira abadiyligi"ni bir 
marta ko'rgan odam uni qaytib unutmasligini aytadi.
 
 
 
 
 
 
 


94 
96. Pablo Pikasso, "Gernika", 1937.
Pablo Pikasso qalamiga mansub ushbu mashhur kartina 1937-yil may oyida Parijdagi 
Butunjahon ko'rgazmasida namoyish qilingan. Kartina Ispaniya Respublikasi 
hukumati buyrug'i bilan ko'rgazmadagi ispan pavilyoni uchun chizilgandi. Kubizm 
uslubida va qora-oq rangda ishlangan asarning mavzusi - yaqindagina ro'y bergan 
Gernika fojeasi, shuningdek, Ispaniya ro'y bergan aprel inqilobi (1931) hamda 
Ispaniya fuqarolik urushi (1936-1939) edi. 
Ko'rgazmadan so'ng, kartina bir qator mamlakatlarda (asosan AQShda) namoyish 
etiladi. Pikassoning o'zi uni, Ispaniyada Respublika tiklanganidan keyin, "Prado" 
muzeyida ko'rishni istashini aytgan. Kartina 1981-yilda "Prado"ga olib kelingan. 1992-
yilda "Gernika" boshqa san'at asarlari bilan Madriddagi qirolicha "Sofiya" muzeyiga 
o'tkazilgan va hozirgacha o'sha yerda saqlanmoqda. 
Yuqorida aytilganidek, "Gernika"ning yaratilishiga Basklar davlatidagi Gernika 
shahrining bombardimon qilinishi asos bo'lgan. Ispaniyadagi inqilobning eng muhim 
voqealaridan biri (1931-1939) - bu fuqarolar urushi edi. 1937-yil 26-aprelda 
lyuftvaffening ko'ngilli bo'linmasi bo'lgan "Kondor" legioni Gernikaga bostirib kiradi. 
Uch soat ichida shaharga minglab bombalar yog'diriladi. Natijada olti ming kishilik 
shahar vayronaga aylanadi. Butun dunyo, shu jumladan Pablo Pikasso ham bu 
voqealarni qayg'u bilan kuzatishga majbur bo'ldi. Ispan shoiri Rafael Alberti shunday 
eslaydi: "Pikasso hech qachon Gernikada bo'lmagan, ammo shaharning vayron 
bo'lishi haqidagi xabar unga huddi buqa suzgandek ta'sir qildi".
Rassom bir oy vaqtini yangi kartina uchun sarfladi. Ilk kunlarda hatto 10-12 soatlab 
ishladi. Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra, Parij okkupatsiyasi vaqtida bir nemis 
ofitseri Pikassoning oldiga keladi. Stol ustida "Gernika"ning nusxasi turardi. Buni 
ko'rgan ofitser shunday deydi: "Nahotki buni siz yaratdingiz?!!" "Yo'q," - javob beradi 
rassom. - Buni sizlar yaratdingiz".

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə