Amaliy №3 Mavzu: Tarmoq axborot texnologiyalari Reja



Yüklə 1,88 Mb.
səhifə1/15
tarix08.01.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#82719
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
AMALIY 3


AMALIY №3

Mavzu: Tarmoq axborot texnologiyalari

Reja:

1. Kompyuter tarmoqlari va ularda ishlash asoslari

2. MySQL tili haqida tushuncha

3. PL/SQL haqida boshlang’ich ma’lumotlar

4. Bulut texnologiyalari va ularning modellari


Internet haqida tushuncha

Internet - bu minglab lokal va mintaqaviy kompyuter tarmoqlarini bir butun qilib birlashtiruvchi butun dunyo kompyuter tarmog'ir.

Internetning paydo bo'lish tarixiga qisqacha to'xtalib o'tayliky 1969-yilda AQSH Mudofaa vazirligining istiqbolli tadqiqotlar agentligi (Advenced Research Projects Agency, ARPA)ga mamlakatdagi barcha harbiy (ilmiy tadqiqot va o'quv) muassasalardagi kompyuterlarni birlashtiruvchi yagona tarmoq yaratish topshirilgan edi. Bu tarmoq (ARPA Net) harbiy mutaxassislarga axborot almashishga yordam ko'rsatishga mo'ljallangan edi.

Uni yaratishda foydalanuvchilarning tizimga kirish imkoniyati, boshqa kompyuterlardagi dasturlarni ishlatish (ulardan foyda­lanish), fayl va xabarlarni elektron aloqa orqali uzatish va boshqalar nazarda tutilgan. Eng asosiysi, tizimni ishlab chiqaruvchilar oldiga ishonchli, ayrim kompyuter yoki aloqa kanallari ishdan chiqqanda ham o'z ish qobiliyatini saqlab qoluvchi, «o'ta chidamli» tarmoq­ni yaratish masalasi qo'yilgan edi.

ARPA Net tarmog'ining rivojlanishi bilan turli tarmoqlarni o'zaro bog'lash, ya'ni yagona tarmoq yaratish muammosi yuzaga keladi. - Bunday standart 1974-yildayaratildi. 1983-yilda esa AQSH Mudofaa vazirligining ARPA Net shoxobchalaridagi barcha mashinalarida ishlab chiqilgan standartlardan foydalanish haqida buyruq chiqarildi. Bu standartlarni ishlatish uchun esa o'sha paytlarda keng tarqalgan operatsion tizim UNIX operatsion tizimi ishlatildi.

1986-yilga kelib, AQSH Milliy fanlar fondi (National Science Foundation — NSF) tomonidan o'zining oltita superkompyuterli markazini birlashtirish uchun tayanch tarmoq yaratildi. Bu tarmoq juda quwatli va yuqori sifatli qurilmalar va AQSH Mudo­faa vazirligi tomonidan belgilangan standartlarga asoslangan edi. 1992-yil NSF kompaniyasi ana shu tayanch tarmoqni boshqarishiga kelishib olindi. Ana shu vaqtdan boshlab internet nafaqat davlat (o'quv va ilmiy) muassasalarida, shuningdek, tijorat maqsadlarida ham ishlatila boshlandir Internet asta-sekin AQSH chegaralaridan chiqib boshqa mamlakatlarga, dastlab Yevropa, ke-yinchalik Osiyo, Afrikaga ham tarqaldi. Bugungi kunda internet haqiqatan ham dunyoviy tarmoqqa aylangan.

Axborotlarni tadqiq qilish NUA firmasining 2001-yil noyabr oyida bergan ma'lumotiga ko'ra, 2000-yilda internet tarmog'idan foydalanuvchilar miqdori quyidagicha bo'lgan.



Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə