Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina


  87. Anri Matiss, "Raqs", 1910



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   53
100 картина (1)

 


85 
87. Anri Matiss, "Raqs", 1910.
"Raqs" (fr. La Danse) - frantsuz rassomi Anri Matiss tomonidan 1910-yilda chizilgan 
kartina. Ikkita versiya mavjud: birinchisi Nyu-Yorkdagi zamonaviy san'at muzeyida, 
ikkinchisi va eng mashhuri - Sankt-Peterburgdagi Ermitajda saqlanmoqda. Birinchi 
versiyasi 1909-yilda chizilgan. 
Moskvalik kolleksioner Sergey Shukin 1906-yilda rassomning Parijdagi studiyasiga 
tashrif buyuradi va uyining zinasi uchun uchta dekorativ panno buyurtma qiladi. 
Ushbu seriyadagi ikkita kartina - "Raqs" va "Musiqa" - hozir Ermitajda saqlanadi, 
uchinchi - "Cho'milish yoki meditatsiya" pannosi esa tugallanmay qolgan. Kartina 
Rossiyaga yuborilishidan oldin, 1910-yil Grand Paleda namoyish etilgan va janjalga 
sabab bo'lgan.
Inqilobdan so'ng, Shukinning to'plami milliylashtiriladi va Pushkin nomidagi tasviriy 
san'at muzeyi hamda Ermitaj o'rtasida taqsimlanadi. "Raqs" kartinasi boshqa 
impressionistlar asarlari bilan birga Ermitajga topshiriladi.
Rassom asarni yaratishda Kolliurda ko'rgan xalq raqslaridan ilhomlangan. Yana bir 
versiyaga ko'ra "Raqs" yunon vaza rasmlari va Sergey Dyagilevning ijodlari 
taassurotlari ostida yaratilgan. Kartinada faqat uchta rangdan foydalanilgan.
 
 
 
 
 


86 
88. Kuzma Sergeyevich Petrov-Vodkin, "Qizil otning cho'milishi", 1912.
"Qizil otning cho'milish" - rassom Kuzma Petrov-Vodkinning mashhur kartinasi 
bo'lib, 1912-yilda yaratilgan. Asar rassom uchun muhim ahamiyatga ega bo'lib, unga 
dunyo miqyosida shon-sharaf keltirgan. 
1912-yilda Petrov-Vodkin Rossiyaning janubida, Xvalinskda yashardi. Kartina 
Gusevka qishlog'ida chizilgan degan fikr bor. Shu paytlarda kartinaning dastlabki 
eskizlari tayyorlangan. Kartinaning birinchi versiya muallif tomonidan yo'q qilingan. 
Petrov-Vodkin ot tasvirini chizish uchun Bolakay laqabli haqiqiy tulpordan 
foydalangan. Otga minayotgan o'spirin obrazi uchun rassomga shogirdi, rassom 
Sergey Kalmikov tashqi ko'rinishi yordam bergan. Sergey Kalmikov 1910-yildan 
boshlab Petrov-Vodkin qo'lida taxsil olgan. 1911-yilda u suvda cho'milayotgan qizil 
otlar rasmini chizadi - ehtimolki Petrov-Vodkinni bu mavzuga aynan shu rasm 
ilhomlantirgan.
Kartinada katta ko'lda cho'milayotgan ot va chavandozlar tasvirlangan. Qizil otning 
tasviri kartinaning old qismini deyarli to'liq egallaydi. Unga shunday katta hajm 
berilganki, quloqlari va bir oyog'ining tizzadan pastki qismi kartinaga sig'may qolgan. 
Jonivorning to'q qizil rangini landshaft rangi va bolakayning yengil tanasi bilan 
solishtirganda yanada yorqinroq ko'rinadi. Hammasi bo'lib kartinada uchta ot va 
uchta bola tasvirlangan. Bolalardan biri oq otni boshqarmoqda. 
Kartina hamda uning syujeti turlicha talqin qilinadi. Ayrimlar tomonidan kartinadagi 
qizil otlar jasur insonlar boshqaruvida Rossiyaning taqdiri sifatida e'tirof etiladi. 
Boshqa bir versiyaga ko'ra, Qizil otning o'ziyoq Rossiyani ifodalaydi.


87 

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə