Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   53
100 картина (1)

 
 
 
 
 


79 
81. Pol Gogen, "Qayerdan keldik? Kimmiz? Qayerga ketyapmiz?", 1898.
Mashhur rassom Pol Gogenning eng mashhur asarlaridan biri bo'lgan ushbu kartina 
1897-1898-yillarda Taitida yaratilgan. Hozirda AQShning Massachusets shtati Boston 
shahridagi Tasviriy san'at muzeyida saqlanadi. 
Gogen 1891-yilda Fransiyadan ko'ra soddaroq jamiyatni topish uchun Taitiga safar 
qiladi. O'zining individualistik mifologiyasini ifoda etadigan boshqa bir qator 
kartinalari bilan bir qatorda ushbu asar 1898-yilda chizib tugatiladi. Rassomning o'zi 
asarni ijodining eng yuqori cho'qqisi deb hisoblagan. 
1898-yilda Gogen kartinani Parijga Jorj Daniel de Manfredga yuboradi. Keyin esa asar 
to 1936-yilda Nyu-Yorkdagi Mariya Xarriman galereyasi tomonidan sotib 
olinmaguncha Parij va Yevropaning qator kolleksionerlari qo'lida bo'lgan. Boston 
Tasviriy san'at muzeyi asarni 1936-yil 16-aprelda Mariya Xarriman galereyasidan 
sotib oladi. 
Gogen ushbu kartinani tugatgandan so'ng o'z joniga qasd qilishni rejalashtirgandi. U 
asarning o'ngdan chapga qarab o'qish kerakligini ta'kidladi - undagi uchta yirik 
guruhlar sarlavhada berilgan savollarni o'zida aks ettiradi. Bolali uchta ayol hayotning 
boshlanishini anglatadi; o'rta guruh yetuklikni anglatadi; oxirgi guruh esa rassomning 
rejasiga ko'ra keksalikni anglatadi. Orqa fonda moviy rangli but aks ettirilgan.
 
 
 
 
 
 
 
 
 


80 
82. Viktor Vaznetsov, "Bahodirlar", 1898.
Viktor Vasnetsov qalamiga mansub ushbu kartina yigirma yil davomida yaratilgan 
hamda 1898-yil 23-aprelda to'liq yakunlanadi. Ko'p o'tmasdan P.M. Tretyakov 
tomonidan galereyasi uchun sotib olingan. 
Asarda uch rus bahodirlari - Dobrinya Nikitich, Ilya Muromets va Alyosha Popovich 
tasvirlangan. O'rtadagi qora otda Ilya Muromets kafti tutib uzoqlarga termulib 
turibdi, ikkinchi qo'lida nayza va qalqon. Chap tomondagi oq otda Dobrinya Nikitich 
qilichini qinidan chiqarib, har qanday vaqtda jangga tayyor ekanini ifoda etmoqda. 
O'ng tomondagi jigarrang ot ustida Alyosha Popovich kamon va o'q tutib turibdi. 
Sheriklari bilan taqqoslaganda u ancha yosh va nimjonroq. Uch bahodir past 
tekislikda maysalar orasidagi keng tekislikda turibdi. Osmon bulutli, bu bahodirlarga 
tahdid soladigan xavfni anglatadi. 
Vasnetsov o'z qahramonlariga rus xalqining o'ziga xos xarakterlarini taqdim etgan. 
Ilya Muromets tirishqoqlik, donolik, xalq urf-odatlari va tajribasiga suyanishni ifoda 
etadi. Dobrinya Nikitichda mag'rur jangovar ruh va o'z yerlarini himoya qilish istagi 
ko'rinadi. Alyosha Popovich obrazi esa rus xalqi qalbining poetik mulohazaliligi va 
go'zallikka befarq emasligini aks ettiradi. 

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə