Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina


  33. Rembrandt "Tungi soqchilik"



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   53
100 картина (1)

 


32 
33. Rembrandt "Tungi soqchilik".
(1642-yil)
Rembrandt qalamiga mansub navbatdagi shedevr "Kapitan Frans Banning Kok va 
leytenant Villem van Reytenbyurg kamonchilar qo'shini uchrashuvi" nomi bilan ham 
mashhur. Asar golland fuqarolik militsiyasi otryadi bo'lgan o'qchilar jamiyati 
buyurtmasi asosida chizilgan bo'lib, ular o'zlarining yangi binosini oltita rota 
portretlari bilan bezashni xohlashgandi. Buyurtmani o'qchilar rotasi kapitani Frans 
Banning Kok bergan va 1600 florin to'lagan.
XVIII asrda kartinani yangi binodagi joyiga o'rnatish uchun uning har tomonidan 
kesishga majbur bo'lishadi. Eng ko'p chap tomon zarar ko'rgan - u yerdagi ikkita 
o'qchi "g'oyib bo'lgan". Asarning XVII asrda yaratilgan nusxasi (Gerrit Lyundens 
ijodi, London milliy galereyasida saqlanadi) saqlanib qolgan, va aynan shu kartina 
asarning to'liq syujeti haqida baxs yuritishga yordam beradi. 
Ikkinchi jahon urushi paytida rasm fashistlarning qo'liga o'tgan. Hozirda Amsterdam 
Davlat muzeyida (Rijksmuseum) saqlanadi. Bir qismi kesib tashlanganiga qaramay, u 
muzeydagi eng katta kartinalardan biridir (363 x 437 sm).
Asarga uch marta shikast yetkazish/yo'q qilishga urinish sodir bo'lgan. Birinchi marta 
uning bir qismi kesilgan bo'lsa, ikkinchi safar 10 martadan ko'proq pichoq urishgan. 
Uchinchisida esa unga sulfat kislota sepib yuborilgan. 


33 
34. Diego Velaskes "Menin(xizmatchi)lar yoki Filipp IVning oilasi".
(1656-
yil)
Diego Velaskes tomonidan 1656-yilda ishlangan ushbu kartina hozirgi kunda Prado 
muzeyida saqlanmoqda. Unda ispan qiroli Filipp IV, uning turmush o'rtog'i (jiyani) 
Marianna Avstriyskaya hamda qizi, infanta Margarita Tereza hamda xizmatchilar 
tasvirlangan. Ushbu kartina eng ko'p qiziqishlarga sabab bo'lgan hamda murakkab 
sirli yechimlarga ega kartina hisoblanadi. Italiyalik barokko rassomi Luka Jordano 
so'zlariga ko'ra, kartina o'zida "san'at ilohiyoti"ni mujassamlashtiradi. Qirollik san'at 
akademiyasi prezidenti ser Tomas Lourens uni "haqiqiy san'at falsafasi" deb atagan.
Kartinada Velaskesning Madriddagi ustaxonasi tasvirlangan. Rassom dastavval qirol 
va uning rafiqasi portretini chizgan (orqa fonda devorda osiliq oyna orqali kartinani 
ko'rsa bo'ladi). Markazda 5 yoshli infanta Margarita. Uning atorfidagi holatlar go'yoki 
uning go'zal kelajagi hamda baxtli oilasi haqida bashorat qilmoqda. Uni freylina 
donya Isabel de Velasko va donya Mariya Agustina Satmento de Sotomayor 
g'amxo'rlik qilmoqda. Kichik Margarita esa o'z yoshiga xos bo'lmagn mag'rurlik, o'ziga 
bo'lgan ishonch va o'z mavqeini anglash kabi belgilarni ifoda etmoqda. Infantaning 
o'ng tomonida qirollik saroyi masxarabozi bo'lgan ikkita karliklar - 
axondroplaziyadan aziyat chekuvchi germaniyalik Maribarbola hamda kuchukka 
oyoq tirab turgan italyan Nikolas Pertusato tasvirlangan. Ularning orqasida 
infantaning hamrohi donya Marsela de Uyoa motam kiyimida shaxsiy qo'riqchisi 
bilan suhbatlashmoqda. 


34 

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə