Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina


Rembrandt "Adashgan o'g'ilning qaytishi"



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53
100 картина (1)

37. Rembrandt "Adashgan o'g'ilning qaytishi". 
(1669-yil)
"Adashgan o'g'ilning qaytishi" - Rembrandtning Bibliyadagi ibratli voqea syujeti 
asosida chizilgan hamda hozirda Ermitajda saqlanadigan kartinasi. Asarda voqeaning 
oxirgi qismi tasvirlangan. Kartina Rembrandtning eng katta diniy kartinasidir.
Uy oldidagi kichkina maydonchada bir necha kishi to'planib turibdi. Chap tomonda, 
otasi oldida tiz cho'kib turgan o'g'il orqa tomondan tasvirlangan. Uning yuzi 
ko'rinmaydi. Ota uni yelkasidan oxista tutib turibdi. Ushbu kartina - kompozitsiyani 
to'liq ochib berish uchun asosiy g'oya markazdan chetga chiqarilgan klassik uslubni 
ko'rsatib beradi. Rassom kompozitsiyani o'ng tomonda turgan o'g'ilning surati bilan 
uyg'unlashtirgan.
Asarda o'g'ilning boshi va yirtilgan kiyimlari uning xarob holga tushib qolganini 
anglatadi. Yoqa - o'tmishdagi hashamatni eslatadi. Poyafzallar eskirgan, bir poyi 
ta'sirchanlikni oshirish uchun yechilib qolgan.


37 
XVIII asrlar 
38. Jan Onore Fragonar "Kachela".
(1767-yil)
Fransuz rassomi Jan Onore Fragonardning 1767-yil chizilgan kartinasi. Rokoko 
davrining eng yaxshi asarlaridan biri deb hisoblangan eng mashhur asarlardan biri. 
Asarda butalar ichida belanchakda uchayotgan yosh yigit kachelada uchayotgan 
ayolga termulib turgani tasvirlangan. Kachela orqa tomondagi boshqa yoshi kattaroq 
odam tomonidan uchirilmoqda. Belanchakda baland uchayotgan qiz bundan 
rohatlanmoqda, garchi shu tufayli poyafzali chiqib ketgan bo'lsa-da. Chap burchakda 
Garpokrat haykali - qadimgi grek sukut va sir xudosi tasvirlangan. Qizning boshidagi 
Shapo Berger (shlyapa) o'sha paytlarda tabiat qo'ynida yashaydigan va shahar 
vasvasalariga berilmaydigan qishloq aholisining xushbichimligi istehzoli ifodasi 
sifatida ko'rsatiladi. 
Dramaturg Charlz Kolning xotiralariga ko'ra, Lyudovik XVning ismi oshkor etilmagan 
mulozimi ushbu kartinani Gabriel-Fransua Duayonga o'z xo'jayini uchun o'zi va 
sevgilisi suratini chizishni so'rab murojaat qiladi. Kachelani yepiskop uchirishi kerak 
edi. Bunday bema'ni ishni bajarishni istamagan Duayon buyurtmani Fragonarga 
topshiradi. 
Hozirgi kunda kartina Londondagi Uolles galereyasida saqlanadi. 


38 

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə