Yigit: -hamon e’tiqodim haqiqat, haqdir, So’zlayman yuzimni tutib Ka’baga. Yemira olmaydi o’tkinchi taqdir, Osuda o’tadi ruhim abadga. Qiz: -e’zozlar, qrdoqlar uchun tashakkur, Asli siz oftobim, men ziyosiman



Yüklə 27,1 Kb.
səhifə1/11
tarix27.02.2022
ölçüsü27,1 Kb.
#84181
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Senariy Zulfiya


Sahna to’rida bahor faslining tasviri tushirilgan panno. Uning o’rtasida Zulfiyaxonim surati. Zalda mayin ohangda kuy tarladi. Sahnaga boshlovchilar – yigit va qiz kirib kelishadi.

Yigit:

-Hamon e’tiqodim haqiqat, haqdir,

So’zlayman yuzimni tutib Ka’baga.

Yemira olmaydi o’tkinchi taqdir,

Osuda o’tadi ruhim abadga.

Qiz:

-E’zozlar, qrdoqlar uchun tashakkur,

Asli siz oftobim, men ziyosiman.

Tonglaringiz kulsin, dorilomon hur,

Baxtim shul, o’zbekning Zulfiyasiman!

1-boshlovchi: - Assalomu alaykum, hurmatli ustozlar, aziz do’stlar, qalbi qaynaq o’quvchilar, adabiyot va she’riyat shaydolari! Biz bu ulug‘ kunda o’zbek she’riyati malikasi, O’zbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonim tavvalluduning 107 yilligini nishonlash uchun yig’ildik.

2-boshlovchi: - Zulfiyaxonimning hayotga munosabati, bardoshi, orzu – umidlari, ruhiyatidagi olam mavjlari she’rlaridagi ana shu so’zlarda aks etgan:

1/1-o’quvchi:

Mayli asta, mayli oz – ozlab,

Bo’yingizga bo’yimni chog’lab,

Dilingizga dilimni sozlab,

Bir munosib so’z bo’lgim kelar.

1-boshlovchi:- O’zbek she’riyatining otashnafas shoiralaridan biri, inson ruhiyati dunyosining betakror kuychisi Zulfiyani bilmaydigan, uning she’rlaridan yod olmagan o’quvchi orangizda topilmasa kerak. Sevimli shoiramiz o’z sherlari bilan bizlarni ezgulikka, nafosatga oshno etib, oppoq tong sari yetaklab, qalb harorati bilan isitib kelmoqda.Endi esa navbatni shoyiramiz Zulfiya Isroilova hayoti haqida malumotlarga bersak:


Yüklə 27,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə