Yigit: -hamon e’tiqodim haqiqat, haqdir, So’zlayman yuzimni tutib Ka’baga. Yemira olmaydi o’tkinchi taqdir, Osuda o’tadi ruhim abadga. Qiz: -e’zozlar, qrdoqlar uchun tashakkur, Asli siz oftobim, men ziyosiman



Yüklə 27,1 Kb.
səhifə5/11
tarix27.02.2022
ölçüsü27,1 Kb.
#84181
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Senariy Zulfiya

2-boshlovchi: - Zulfiyaxonim ovozi, qalbi, ayol nazokati, mo’tabar inson orzusini kuylagan she’rlari faqat O’zbekistondagina emas, butun Osiyoda, jahonda kezib yuribdi.Zulfiyaxonim jamoat arbobi, xorijlik yozuvchilar mehmoni sifatida juda ko’p mamlakatlarda bo’ldi. Zulfiya haqida zamondoshlari samimiy fikrlarni bildirishgan:

1-boshlovchi: - “Sizning ovozingiz hamisha tetik. U kishiga quvonch bag’ishlaydi, uni go’zal hissiyotlar bilan to’la dunyo sari chorlaydi. Natijada hayot to’kislik va aniqlik kasb etadi: Rus yozuvchisi Nikolay Tixonov.

2-boshlovchi: - “Ajoyib tabiatli kishilarni ko’rganda nodir inju topgan kishidek quvonaman, hayotni yanada qattiqroq sevaman. Siz, Zulfiya, men uchun ana shu nodir inju va go’zal kishilardan birisiz… Siz o’zbek xotin – qizlari chamanida go’zal bir san’at binosi qurdingiz”: Ozarbayjon xalq shoirasi Marvarid Dilboziy.

1-boshlovchi:“… Umuman, har bir she’r shoiraning mehnat samarasidan ham ko’ra, uning yashash tarsi, nafas olishi, hayoti o’laroq yuzaga ke’ladi, shekilli. Shuning uchun she’rda uning butun holatini,yuragini,mehru dardini ko’ramiz. Uning ruhiy holatida esa cheksiz samimiyat ham, o’tmish va kelajak ham, do’stlar va dushmanlar, qalbga yaqin kishilar ham… bari shoira qalbida emotsiya holatida, jonli va jo’shqin hissiyot holatida yashaydi va ifodasi faqat she’riyat bo’ladi…”: Asqad Muxtor .

2-boshlovchi: “Saharda, oftob oltin bug’doy kabi nish urayotgan kezda bog’lar qushlarning sayrog’idan uyg’onib ketadi. Ipak shabadalarning qanotidan hayotning gul isli nafasi, daryolarning yashil zarrasi to’kiladi. Hayotning, umrning quyoshning – tirik mavjudodning shodu xurramlik to’la yangi yorug’ kun boshlanadi. Ajoyib shoira, mehribon murabbiya, go’zal qalbli ustozim Zulfiya she’rlarida men ana shunday hayotbaxsh shabadalarni, nashidani, tuyg’ularning ozoda, mehr-muhabbatli alangasini ko’raman, tiriklikka olqish va ixlos uqaman”: Oydin Hajiyeva.

1-boshlovchi: - Zulfiya Isroliova xalqimizning atoqli va ardoqli farzandi, Ozbekiston xalq shoiri, xalqaro “Nilufar” va Javoharla’l Neru nomidagi davlat mukofoti sohibasidir.

2-boshlovchi: - Xalqimiz izzatiga sazovor bo’lgan shoiraning xotirasi abadiydir. Chunki uning izdoshlari bisyor. O’quvchilarning Zulfiyadan ta’sirlanib bitgan ijodidan namunalar va qiziqarli malumotlarni tinglaymiz!


Yüklə 27,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə