2. Qaysi gapda chuqur so‘zi o‘z ma’nosida qo‘llangan?



Yüklə 23,12 Kb.
səhifə1/7
tarix17.09.2023
ölçüsü23,12 Kb.
#122154
  1   2   3   4   5   6   7
9-IYUL ASOSIY


1. Imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan so’zlar qatorini aniqlang.
A) hushomad, hazilkash, hokandoz
B) xijil, xijjalamoq, xo’randa
C) ho‘randa, hijjalamoq, hufiyona
D) xiromon, xarakter, xuruj


2. Qaysi gapda chuqur so‘zi o‘z ma’nosida qo‘llangan?
A) Olimning bu yillar e’lon qilgan maqolalari chuqur tahlilga ega.
B) Tayyorlanayotgan taomlar sifatidan ishchilar chuqur qoniqish hosil qilishdi.
C) Endi bu joylarni yelkamning chuquri ko’rsin.
D) Ko’chat keltirib chuqurga qo’yar, tanasidan tutib turar edi.


3. O‘zaro ma’nodoshlik hosil qila oladigan
so‘zlarni aniqlang.
A) dovyurak, botir, yovqur
B) xatar, tahlika, xavfli
C) puxta, abjir, ilmli
D) jiddiy, anoyi, sodda


4. Qaysi gapda qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik mavjud EMAS?
A) Toshkent qadimdan o’zining tuprog’i unumdorliligi bilan nom qozonib kelgan.
B) Davron kelajakda yetuk huquqshunoschi bo’lib yetishishni xohlaydi.
C) Dunyoda sen kabi befarosatsizlar ko’paygani achinarli hol, albatta.
D) Bu yilgi musobaqa Yangiqishloq qishlog’ida bo’lib o’tishi rejalashtirilgan.


5. Qaysi gapda ayb so‘zi “nuqson” ma’nosida qo‘llangan?
A) U Oygulning yoniga kelib, aybiga iqror bo’lgan kishidek ma’yuslik bilan gapirdi.
B) To’rt nafar harbiy Vatanga xiyonat qilishdagi aybi uchun sudga tortildi.
C) Ayb qilgan bo’lsang, uzr so’rashni ham unutma.
D) Har to’kisda bir ayb deganlaridek birovning aybiga kulmagin.


6. Ushbu gapdagi nuqtalar o‘rniga mos keluvchi
qo‘shimchalar haqidagi xato hukmni aniqlang.
Ijodkor fikr qamrovi juda keng, iqtidori o‘t..., tabiat... hokisor, ruhan bedor shoir.... . Taxayyul maqomi baland shoir g‘am-g‘ussa... yeng…maydi, aksincha, hasrat uning maslag...ga, g‘ussa esa hissiyotlariga qara…dir.
A) Ushbu gapda fe’lning lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchasi tushib qolgan.
B) Ushbu gapda sifat va ravish yasovchi qo’shimchalar tushib qolgan.
C) Ushbu gapda fe’l yasovchi qo’shimcha va fe’lning sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalari tushib qolgan.
D) Ushbu gapda ismning munosabat shakllarini hosil qiluvchi qo’shimchalari tushib qolgan.



Yüklə 23,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə