Qiz bolalar uchun tungi ko’ylaklar uchun maket tikish Reja



Yüklə 27,85 Kb.
səhifə1/8
tarix11.12.2023
ölçüsü27,85 Kb.
#144188
  1   2   3   4   5   6   7   8
Qiz bolalar uchun tungi ko’ylaklar uchun maket tikish


Qiz bolalar uchun tungi ko’ylaklar uchun maket tikish
Reja:



  1. Qiz bolalar kiyimi konstruksiyasini ko’rishda o’lcham va qiz bolalar ko’ylaklari.

  2. Qiz bolalar milliy ko’ylaklarini loyihalash, ishlab chiqarish, sotish va
    samaradorlik ko‘rsatkichlari tahlili.

Qiz bolalar kiyimi konstruksiyasini ko’rishda o’lcham va qiz bolalar ko’ylaklari
O‘z aksini topgan desak adashmaymiz. Kundan kunga milliy ko’ylaklarimizning yangi bichimlari, yangi siluetlari ba yangi shakllari yaratilmoqda. Bilamizki milliy ko’ylak asosan koketka, qop ba yeng qismlaridan iborat. An’anaviy milliy ko’ylak to’g’ri siluetli, koketka chizigi buylab burmali buladi. Old bo‘lagida koketka bo‘laklari bir – birining ustiga chiqib turishi yoki yaxlit bichilgan bo‘lishi mumkin. Yoqali, yoqasiz bo‘ladi. Yoqali bo‘lsa yoqa o’mizi buylab utkazmali, qaytarma yoqali, tik yoqali, yoqa uchlari bog‘lanadigan (galstuksimon) bo’lishi mumkin. Yenglari o‘tqazma, yarim reglan bichimli, old ba ort bo’lak bilan yaxlit bichilgan bo’lishi mumkin. Yeng bichimlari keng, tor, kapalaksimon, fonarik, burmali ba xakozo bo’lishi mumkin.
Xozirgi kunda milliy ko’ylak bichimlarida juda katta o’zgarishlar ruy bergan. Masalan: Etak kismi kengaytirilib, konussimon shaklda bichilgan ko’ylaklar. Bunday qopli ko’ylak yengi xam albatta konussimon shaklda bichiladi. Agar konussimon bichimli ko’ylakni elastik gazlamadan tikilsa uni etagi ba yeng uchlarini tortib zig-zag usulda qaytarib tikilsa juda chiroyli to’lqinsimon shaklga ega bo'ladi.
Milliy ko’ylak bichimlari bir xil bo’lsa-da, uning yoqa o’mizlari turlicha uyilishi mumkin. 2,3- rasmlarda to’g’ri bichimli milliy ko’ylakni turlicha yoqa o’mizli koketka turlari tasbirlangan. 4,5,6,7 - rasmlarda esa yoqa o’mizi va koketka tashqi shakli turlicha bo’lgan milliy ko’ylak modellari namunalari ko’rsatilgan. Milliy ko’ylaklarimizni burmalar, kesmalar, tesmalar, kashta choklar ba munchoq (biserlar)lar bilan bezab tikish mumkin. Burmalar modelga binoan asosiy gazlamadan, bezak gazlamadan, kontrast rangli gazlamadan yoki gazlama gullari ranglaridan biri aks etgan sidirg’a gazlamadan bichilgan bo’lishi mumkin. Qo’yida turli bichimdagi ba shakldagi zamonaviy milliy ko’ylak namunalarini tabsifini keltiramiz.
Bu turli ko’rinishdagi koketkalarni kishi gavdasi, yoshi, gazlama turiga binoan hamda, kiyilish joyiga qarab tanlanishi shart. Ko’pincha yosh xotin qizlarimiz murakkab, bejirim bichimdagi koketka turlarini tanlashadi. Chunki yoshlar xar doim go’zallikka, qiziqarli yechimlarga ega bo’lgan kiyimlarni kiyimlarni tanlashadi. Bu ularni qiziqqonligidan, yoshligidan dalolat beradi.
Agar gazlama elastik, cho’zilubchan bo’lsa koketka o‘tkir burchakli bo’lmasligi kerak. Chunki unga qanchalik qotirmalik gazlama yopishtirilmasin, burchaklari egilib chiroyli ko’rinish bermaydi. Qattiq, mustahkam o‘rilishdagi gazlamalarga esa qanchalik koketka murakkab bichimda bo’lmasin chiroyli turadi. Bunga misol qilib atlas, adras, beqasam, krep kabi gazlamalarni misol qilish mumkin.


  1. Yüklə 27,85 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə