Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina


 Yan Vermeer "Sut sotuvchi xonim"



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53
100 картина (1)

35. Yan Vermeer "Sut sotuvchi xonim". 
(1661-yil)
Yan Vermeer qalamiga mansub ushbu kartina, shuningdek, "Sut idishi bilan turgan 
qiz/ayol/xizmatkor" hamda "Oshpaz ayol" nomlari bilan ham mashhur. Tahminan 
1658-1661-yillarda chizilgan. Hozirda Amsterdam davlat muzeyida saqlanmoqda.
Asar kompozitsiyasi o'zining soddaligi bilan o'sha davr asarlaridan ajralib turadi. Bu 
mavzuga Vermeerdan avvalroq De Xox hamda Terborx kabi rassomlar ham murojaat 
qilishgan, ammo aynan Vemeergina betakror asarni yarata olgan. Ayol figurasi oppoq 
devor fonida yaqqol ajralib turadi. Devorda qandaydir oq chiziqlarni ko'rish mumkin. 
Rentgen orqali o'tkazilgan tekshiruvda shu aniq bo'ldiki, devorda avvaliga qandaydir 
predmet (katta ehtimol bilan xarita) bo'lgan. Ammo oxir-oqibat devorni bo'sh 
qoldirishga qaror qiladi. Balki, bunga sabab rassom kartinaga simvolika kiritishni 
istamagandir. Balki, aynan oq devor ayolni yaxshiroq ochib beradi deb hisoblagandir. 
1669-yilda kartina o'sha payt uchun katta summa - 175 floringa sotiladi.


35 
36. Yan Vermeer "Marvarid baldoqli qiz".
(1665-yil)
"Marvarid baldoqli qiz" - Yan Vermeerning eng mashhur asarlaridan biridir. Uni 
ko'pincha "shimollik yoki golland Mona Lizasi" deb atashadi. Kartinaga "IVMeer" deb 
imzo qo'yilgan, ammo aniq sanasi ko'rsatilmagan. Hozirda kartina saqlanayotgan 
Mauritsxyos muzeyi versiyasiga ko'ra, 1665-yilda chizilgan bo'lishi kerak. Asar haqida 
juda kam narsa ma'lum. Uni rassom buyurtma uchun chizganmi yoki yo'qmi, agar 
buyurtma berilgan bo'lsa, kim buyurtirgan, unda tasvirlangan qiz kim - bularning 
hammasi noma'lum. Versiyalardan biriga ko'ra, kartinada rassom o'z qizi Mariyani 
tasvirlagan.
Bu noodatiy kartina ekani aniq. Rassom qizning boshini tomoshabin tomon burgan 
holda tasvirlagan. Bu orqali tomoshabin diqqatini qizning qulog'idagi marvarid 
sirg'aga qaratgan. Hozirgi vaqtda bir qator tadqiqotchilar rasmda marvarid sirg'a 
borligiga shubha qilishadi. Chunki, tabiiy marvarid uchun o'lcham juda katta, balki 
sirg'a Venetsiya shishasidan yasalgan soxta marvarid bo'lishi mumkin. Bundan 
tashqari, marvaridni quloqqa biriktirgan halqa yoki marjonni ko'ra olmaysiz. Balki 
sirg'a kartinani restavratsiya qilish paytida yuzaga kelgan deformatsiya bo'lishi 
mumkin. 


36 

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə