Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina


Karl Bryullov, "Pompeyning so'nggi kuni"



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53
100 картина (1)

49. Karl Bryullov, "Pompeyning so'nggi kuni", 
1833.
1833-yilda rus rassomi Karl Bryullov tomonidan ishlangan ulkan formatdagi kartina. 
Sankt-Peterburg davlat muzeyida saqlanadi. Asarda milodiy 79-yilda yuz bergan 
Vezuviy vulqoni otilishi hamda buning natijasida Pompey shahri harob bo'lishi 
voqeasi tasvirlangan.
Karl Bryullov 1827-yil yozida Neapolga qilgan safari vaqtida Pompey qazishmalariga 
tashrif buyuradi hamda shahar halokatiga bag'ishlangan katta kartina chizish 
bo'yicha buyurtma oladi. Buyurtmachi - knyaz Anatoliy Demidov edi. Kartina ustida 
ishlash taxminan olti yil davom etadi va 1833-yilga kelib asar to'liq yakunlanadi. 


48 
Bryullov ishni tugatgandan so'ng, uni Rimdagi ustaxonasida namoyish eta boshlaydi. 
Asar va uning muallifi tez orada juda mashhur bo'lib ketadi. 
Asarda rassom bitta qahramonning qahramonona harakatlarini emas, aksariyat 
insonlarga ta'sir qilgan tabiiy ofatni ko'rsatib bergani uchun ham hammaning 
olqishlariga sazovor bo'lgan.
50. Gyustav Kurbe, "Umidsizlik. Avtoportret", 
1844-1845.
Gyustav Kurbe qalamiga mansub ushbu san'at asari romantizm janrida mohirona 
yaratilgan. Rassom 1843-1845-yillar oralig'ida kartina ustida tirishqoqlik bilan 
astoydil ishlagan. Muallifning shaxsiy to'plamlarida saqlanadi. 
Kartinada rassom o'zidagi g'azab, sarosima va tushkunlikni mohirona tarzda 
tasvirlashga muvaffaq bo'lgan. U hayotida juda qiyin daqiqalarni boshdan kechirgan.
Kartinada kelishgan va yosh yigitning soqol-mo'ylovli yuzi tasvirlangan. Uning 
ko'zlaridan qo'rquv seziladi. Qoshlari esa qandaydir hayratlanish haqida so'zlamoqda. 
Ayni paytda u tan qandaydir voqea oldida ojiz ekanini tan olmoqda - qo'llari boshiga 
qo'yilgan. Rassom bundan juda ham hayratda. 


49 

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə