Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina


Teodor Jeriko, "«Meduza» soli"



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   53
100 картина (1)

44. Teodor Jeriko, "«Meduza» soli", 
1819.
Fransuz rassomi Teodor Jerikoning romantizm davridagi eng mashhur 
kartinalaridan biri. Asar 1819-yil Parij "Salon"ida namoyish etiladi hamda 
jamoatchilikning turli xil fikrlariga sabab bo'ladi. Biroz vaqt o'tgach, Buyuk 
Britaniyaning turli joylarida tadbirkor Uilyam Bullok tomonidan tashkil etilgan 
ko'rgazmalarda namoyish etiladi. Jerikoning vafotidan so'ng Luvr tomonidan 
rassomning do'sti Dedryo-Dorsi vositachiligida sotib olinadi va hozirda shu yerda 
saqlanmoqda. 
Kartina syujeti real voqelikka asoslangan bo'lib, unda 1816-yil 2-iyulda Senegal 
qirg'oqlarida sodir bo'lgan halokat tasvirlangan. Afrika qirg‘oqlaridan unchalik uzoq 
bo‘lmagan Argen sayozligida, Meduza fregati halokatga uchraydi. Yo'lovchilarni 
evakuatsiya qilish uchun qayiqlardan foydalanish hamda ikkita reys amalga oshirish 
rejalashtiriladi. Yuklarni tashib ketish uchun geograf Aleksandr Korrear boshchiligida 
uzunligi 20 metr, kengligi 7 metr bo'lgan sol yasaladi. Bu orada shamol kuchayadi 
hamda kema korpusida yoriq paydo bo'ldi. Kema parchalanishi mumkinligidan 
qo'rqqan yo'lovchilar va ekipaj vahimaga tushadi. Kapitan darhol uni tark etishga 
buyruq beradi. Fregatda o'n yetti kishi qoladi, 147 kishi esa solga o'tadi. Solda yuk 
ko'payib ketadi. Uni boshqarishning deyarli imkoni yo'q edi. Bo'ron boshlanishi bilan 
qayiqdagilar solda bunday yukni olib ketolmasliklarini tushinishadi hamda 
arqonlarni kesib, qirg'oq tomon suzib ketishadi.
Soldagi vaziyat falokatli ko'rinish oladi. Unda tirik qolganlar qarama-qarshi guruhlar 
bo'linib ketadi - bir tomonda ofitser va yo'lovchilar, ikkinchi tomonda dengizchi va 
askarlar. Birinchi kechada 20 kishi o'ldiriladi yoki o'z joniga qasd qiladi. Ular asosan 
oziq-ovqat hamda suvni tejash, shuningdek eng xavfsiz joylar uchun kurashda halok 
bo'lishgandi. To'rtinchi kunga kelib atigi 67 kishi tirik qoladi. Ularning ko'plari 
ochlikdan qiynalib, o'lganlarning jasadini yeyishni boshlaydi. Sakkizinchi kuni 15 
nafar eng kuchli tirik qolganlar bir-birini o'ldirmaslik uchun zaif va yaradorlarga 
tashlanadi.
Hodisa tafsilotlari o'sha payt jamoatchiligini larzaga keltiradi. Muxolifat amaldagi 
hukumatni sodir bo'lgan voqeada ayblaydi. 1817-yil kuzida "Meduza fregati halokati" 
kitobi nashr etildi. Unda hodisaning guvohlari - Aleksandr Korrear va shifokor Anri 
Savinyi o'zlarining o'n uch kunlik sarguzashtlarini tasvirlab bergandi.


44 

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə