47
48. Katsusika Xokusay, "Kanagavadagi katta to'lqin",
1831.
Yaponiyalik rassom Katsusika Xokusayning yog'ochga ishlangan gravyurasi.
"Fudzining o'ttiz olti ko'rinishi" seriyasidagi birinchi asar.
Ukiyo-e uslubida
ishlangan. Chet elda yapon tasviriy san'atining eng mashhur
asarlaridan biri deb
baholanadi. Syujet markazida qayiqlar ustiga bostirib kelayotgan ulkan to'lqin
tasvirlangan. To'lqin qayiqlarni gugurt cho'pidek u yoqdan bu yoqqa uloqtiradi.
San'atshunoslarning fikriga ko'ra, qayiqlarning chetiga
yopishib olgan baxtsiz
dengizchilar insoniyat timsoli. Orqa uzoq fonda Fudzi tog'ini ko'rish mumkin. Voqea
Kanagava prefekturasida bo'lib o'tmoqda.
"Kanagavadagi katta to'lqin" ommaga 1832-yilda tanishtiriladi. Uning nusxalari Nyu-
Yorkdagi Metropolitan san'at muzeyida, Londondagi
Britaniya muzeyida va Klod
Monening Jivernidagi uyida saqlanadi.
Dostları ilə paylaş: