|
![](/i/favi32.png) Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartinaKlod Mone, "Sayr. Soyabonli xonim"100 картина (1)60. Klod Mone, "Sayr. Soyabonli xonim",
1875.
1875-yilda Klod Mone tomonidan chizilgan ushbu kartina "Kamilla Mone o'g'li bilan"
nomi ostida ham mashhur. Hozirgi kunda Milliy san'at galereyasida (Vashington)
saqlanadi.
Kartinada 1871-1877-yillar orasidagi shamolli yoz kunlarining biri, rassomning
rafiqasi Kamilla va o'g'li Jan tasvirlangan. Mone xonim shamolda tebranayotgan oq
ko'ylak va shlyapa kiygan. Uning ko'rinishi markazdan biroz o'ngga siljigan hamda
qo'lidagi soyabonga moyil ravishda o'girilib turibdi. Oyoqlari ostidagi yam-yashil
maysazor. Tananing ko'rinishi va pozitsiyasi huddiki tomoshabin to'satdan unga
murojaat qilayotgandek tasavvur uyg'otadi. Uning yetti yoshli o'g'li huddiki
tomoshabinni diqqat bilan kuzatib turganek. Jan tepalikning orqasida faqat beligacha
ko'rinib turibdi, bu rassomga sahnaning hajmini va chuqurligini ko'rsatish uchun
zarur edi.
Kartina 1876-yil aprel oyida Pol Durand-Ryuel galereyasida o'tkazilgan ikkinchi
impressionistlar ko'rgazmasida Monening boshqa 18 asari bilan birga "La
Promenade" nomi ostida namoyish etilgan. Bir nechta ijobiy munosabatlarga
qaramay, keyinchalik "Sayr" yo'qolib ketadi. O'n yil o'tgach Mone ushbu syujetga yana
bir bor murojaat qilib, unda hozirgi kunda Orseda saqlanayotgan Jiverni o'tloqlarida
sayr qilayotgan ikkinchi xotini Syuzanna va qizini tasvirlaydi.
1876-yil noyabr oyida Mone kartinani ruminiyalik shifokor va kolleksioner Jorj de
Bellioga sotadi. Uning o'limidan keyin "Sayr" kuyovi Ernest Donop de Monchi va qizi
Viktorinaga me'ros bo'lib qoladi. Ular 1897-yilgacha asarni o'zlarida saqlab turgan.
1924-yilda kartina taniqli qandolatchi Jorj Meni qo'liga o'tadi. 1965-yilda amerikalik
filantrop Pol Mellon kartinani sotib oladi va 1983-yilda Milliy san'at galereyasiga
sovg'a qiladi.
|
|
|