Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina


Vinsent Van Gog, "Kartoshka yeyuvchilar", 1885



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53
100 картина (1)

65. Vinsent Van Gog, "Kartoshka yeyuvchilar", 1885.
Gollandiyalik rassom Vinsent Van Gog qalamiga mansub mazkur kartina 1885-yil 
aprel oyida Gollandiyaning Nyuenen qishlog'ida chizilgan bo'lib, hozirda 
Amsterdamdagi Van Gog muzeyida saqlanadi. Bu - rassom hayotida "Nyuenen davri" 
deb nom olgan va uning badiiy uslubi paydo bo'la boshlagan davridagi birinchi 
kartinadir. 
Rassom akasi Teoga yo'llagan maktubida ushbu asar haqida shunday yozgan: 
“Unda men shuni tasvirlamoqchimanki, kartoshkalarini chiroq nurida iste'mol 
qilayotgan ushbu odamlar, idishga cho'zilgan huddi shu qo'llari bilan yer qazishgan; 
ushbu asar - qahramonlarning qattiq mehnati va halol ovqatlanishayotgani haqida 
so'zlaydi." 
Qizig'i shundaki, Van Gogning kartinasi huddi shunday nom ostida asar yaratgan 
kamida ikki muallif uchun ilhom manbai bo'lib xizmat qilgan. 
 
 
 
 
 
 


64 
66. Jorj Syora, "Grand Jatt orolidagi yakshanba", 1884-86.
Fransuz rassomi Jorj Syora qalamiga mansub ushbu asar rassom tomonidan asos 
solingan tasviriy san'atning yangi janri - puantalizmning eng yorqin na'munalaridan 
biri bo'lgan. XIX asrning postimpressionizm davridagi eng diqqatga sazovor 
rasmlaridan biri hisoblanadi. Kartina hozirgi kunda Chikagodagi San'at instituti 
kollektsiyasida saqlanadi. 1926-yilda Frederik Kley Bartlett tomonidan muzeyga 
sovg'a qilingan. 
"Zerikish mozaikasi" - faylasuf Ernst Blox Syoraning kartinasini shunday atagan. Blox 
kartinada faqat "yakshanba qashshoqligi" va "o'z joniga qasd qilish manzarasini" 
ko'rgan ekan. O'z navbatida, publitsist Feliks Feneon asarni quvnoq va hayot 
quvonchlariga limmo-lim deb hisoblagan. 
Kartina 1886-yilda impressionistlar 8-ko'rgazmasida namoyish etilganida, turli 
adabiy guruhlar uni mutlaqo turlicha idrok qilishgan: realistlar bu haqda Parij 
xalqining yakshanba sayrlari deb yozgan bo'lsa, simvolistlar unda fir'avnlar davri 
ovozlarini eshitishgan.

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə