|
![](/i/favi32.png) Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartinaIlya Repin, "Volga burlaklari"100 картина (1)59. Ilya Repin, "Volga burlaklari",
1873.
Rus rassomi Ilya Repinning 1870-1873-yillarda yaratgan kartinasi. Kartinada
burlaklar arteli ish jarayonida tasvirlangan. Hozirda Sankt-Peterburgdagi rus davlat
muzeyida saqlanmoqda.
Rassomning eslashicha, rasmni yaratish g'oyasi 1869-yilda Konstantin Savitskiy bilan
birgalikda tanlov uchun "Iov va uning do'stlari" kartinasini chizish maqsadida Neva
daryosi bo'yiga borganida paydo bo'lgan. U yerda Ilya birinchi marta burlaklarni
ko'radi va ularning og'ir hayoti rassomda katta taassurot qoldiradi. Shu bilan birga,
kartinaning birinchi akvarel eskizi yaratiladi. Ushbu eskizda burlaklar bilan birga
oddiy aholi ham tasvirlangan. Ushbu kompozitsiyasi Fyodor Vasilev tomonidan
tanqid qilinadi va "sun'iy" deb baholanadi. Shundan keyin Ilya 200 rubl pul to'plab
Ivan Kramskoy bilan birga Volgaga boradi.
Bu davrda umumiy fanlar bo'yicha imtihon topshirishni istamagani sababli Repinni
Badiiy akademiyadan chiqarib yuborilishi mumkinligi to'g'risidagi demarshlar
boshlangandi. Ilya bo'shash to'g'risida ariza beradi, ammo ariza rad qilinib, buning
o'rniga unga chet elda malaka oshirish va'da qilinadi hamda Volga bo'ylab Tverdan
Saratovgacha sayohat qilish uchun pul beriladi. 1870-yil may oyida Ilya Repin, uning
akasi Vasiliy, Fyodor Vasilev va Yevgeniy Makarov "Samolyot" kompaniyasining
paroxodida sayohatga yo'l olishadi.
1870-yilda Repin 18,3 × 32,7 sm o'lchamdagi kartinani yaratadi. Ushbu eskiz bugun
Moskvadagi Tretyakov galereyasida (№ 11488) saqlanadi. Keyin 23.5 × 50.5 sm
formatidagi ilk versiya paydo bo'ldi (Tretyakov galereyasi, № 708). 1871-yil mart
oyida kartinaning vaqtinchalik versiyasi Sankt-Peterburgda namoyish etildi va
mukofotga sazovor bo'ldi. 1873-yil mart oyida Repin kartinani yakunlaydi.
|
|
|