Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina


  63. Eduard Mane, «"Foli-Berjer"dagi bar», 1882



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53
100 картина (1)

 


61 
63. Eduard Mane, «"Foli-Berjer"dagi bar», 1882.
Eduard Mane qalamiga mansub ushbu kartina hozirda Londondagi "Kurto" 
galereyasida saqlanmoqda.
"Foli-Berjer" - Parijdada joylashgan kabare. Rishe ko'chasi 32-uy manzilida 
joylashgan bo'lib, XIX asr oxirida bu muassasa juda mashhur edi. Mane "Foli-
Berjer"ga tez-tez tashrif buyurib turardi va oxir-oqibat u yer haqida asar yaratishga 
qaror qiladi. U kartinani 1883-yilda, vafotidan oldin Parij "Salon"iga taqdim etadi. 
Mane kartinani barning o'zida chizgan. Keyin u barmen xonim Syuzon va uning do'sti 
- harbiy rassom Anri Dyupredan kartinadagi holatni yaratish uchun ustaxonasida 
yordam berishni so'raydi. Dastlabki kompozitsiyaga ko'ra, barmen va mijoz bir-biri 
bilan yuzma-yuz suhbat qurayotgandek turishi kerak edi. Buni saqlanib qolgan 
eskizlar ham, kartinaning rentgen tekshiruvi ham tasdiqlaydi. Keyinchalik Mane bu 
fikrdan qaytadi. Orqa fonda bar mijozlarga to'la ekanini aks ettirish uchun katta 
ko'zgu tasvirlaydi. Peshtaxta ortida bu olomon qarshisida o'z hayoliga berilgan 
barmen. Mane olomon ichib, ovqatlanib, gaplashib o'tirganlar orasida chap yuqori 
burchakdagi akrobat tasviti orqali yolg'izlik tuyg'usini yetkazishga harakat qilgan. 
Barning marmar peshtaxtasidagi idishlar va ularning oynadagi aksi bir-biriga mos 
kelmaydi. Barmenning aksi ham asliga mos emas. U to'g'ridan-to'g'ri tomoshabinga 
qarab turibdi, oynadagi aksda biroz egilgan va odamlarga qaramoqda. Bu orqali Mane 
haqiqiy va hayoliy dunyoni tasvirlashga intilgan. 
 


62 
64. Ivan Kramskoy, "Noma'lum", 1883.
Rus rassomi Ivan Kramskoy qalamiga mansub ushbu kartina 1883-yilda chizilgan 
bo'lib, hozirda Tretyakov davlat galereyasi to'plamining bir qismidir. 
Kartinada Anichkov saroyi pavilyonlari yaqinidagi Nevskiy prospekti bo'ylab ochiq 
aravada ketayotgan yosh ayol tasvirlangan. O'ng tomonda Aleksandrinka teatri. Ayol 
1880-yillar oxiriga oid uslubda kiyingan. U duxoba baxmal shlyapa, mo'yna va 
lentalar bilan bezatilgan palto, bo'g'iq va ingichka teri qo'lqop kiygan. Tashqi 
ko'rinishi sirli va ozgina ma'yus. 
"Noma'lum" Ivan Kramskoyning eng taniqli asarlaridan biri hisoblanadi. Asarga 
bunday nom berish orqali rassom unga sirlilik aurasini baxsh etgan.
"Noma'lum" asari hamon jumboqligicha qolmoqda. Unda tasvirlangan ayol kim ekani 
haqida na rassomning maktublarida, na kundaliklarida aytib o'tilgan. 
Tasdiqlanmagan fikrlarga ko'ra, asar qahramoni prototipi kursklik dehqon qiz - 
Matryona Savvishna bo'lib, u zodagon Bestujevga turmushga chiqqan. Kramskoy uni 
Sankt-Peterburgda uchratib qoladi va go'zalligiga mahliyo bo'ladi. Biroq Pragadagi 
D.Fridrix shaxsiy galereyasida saqlangan o'sha ayolning aniqroq tasvirlangan portreti 
bu fikrlarni rad qiladi.
San'atshunos Chijovaning versiyasiga ko'ra, "Noma'lum" kartinasi aslida knyaginya 
Yuryevskayaning portreti (imperator Aleksandr II ning ikkinchi rafiqasi). Biroq, 
ushbu versiya shubhali: asar imperator Aleksandr II vafoti va malika 
Yuryevskayaning chet elga quvg'in qilinishidan ikki yil o'tgach yaratilgan. O'sha 
paytda saroyda juda yuqori lavozimni egallagan Kramskoy, keyingi imperator 
Aleksandr III paytida sharmandalikka uchragan odam portretini yaratmasligi aniq 
edi. 


63 

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə