Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina


 Per Ogyust Renuar "Mulen de la Galettdagi ball", 1876



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   53
100 картина (1)

61. Per Ogyust Renuar "Mulen de la Galettdagi ball", 1876.
Renuar qalamiga mansub ushbu kartina 1876-yilda chizilgan. 1876-yilda rassom 
Montmartr shahrida studiya ijaraga oladi. Ushbu studiya Mulen de la Galett yaqinida 
joylashgandi. Ob-havo yaxshi bo'lganida restoran faoliyati ko'chada, ochiq havoda 
davom etardi. Renuar ushbu restorandagi quvnoq va xotirjam atmosferani juda 
yoqtirib qoladi va shu yerda bo'lajak kartinaning birinchi eskizlarini yaratishni 
boshlaydi. Buning uchun u do'stlarini raqsga tushgan yoki stolda o'tirgan holatda 
suratga tushirib oladi.
Kartinani chizish jarayonida rassom qiyinchilikka duch keladi - raqsga tushayotgan 
va o'tirgan odamlar yuzi hamda kiyimlarida akatsiya barglari ostida quyosh nurini aks 
ettirish birmuncha murakkablik talab qilardi. Biroq u bu ishni uddalashga erishadi. 
Kartina ("Kachelalar" kartinasi bilan birga) 1877-yilda, impressionistlarning 3-
ko'rgazmasida namoyish etilgan.
1879-yildan boshlab asar fransuz rassomi Gustav Kaybott to'plamida saqlangan. 
1894-yilda, Gustavning vafotidan so'ng, u meros solig'i sifatida davlat mulkiga 
aylanadi va 1896-yilda Lyuksemburg bog' muzeyiga topshirildi. 1929-yildan boshlab 
Luvr kolleksiyasiga qo'shiladi. Keyinchalik, 1986-yilda Orse muzeyiga ko'chirilib, 
hozirgacha shu erda saqlanmoqda. 
 


60 
62. Per Ogyust Renuar "Eshkak eshuvchilar nonushtasi", 1881.
Per Ogyust Renuar qalamiga mansub ushbu kartina 1880-81-yillarda chizilgan. Rasm 
Parijdan ozgina g'arbda joylashgan Shatu shahridan o'tgan Sena daryosidagi orolda 
joylashgan "Furnez" restoranida chizilgan. Rassom bu joyni juda yaxshi ko'rardi - bu 
yer nafaqat "Eshkak eshuvchilar nonushtasi", balki uning boshqa kartinalarida ham 
tasvirlangan. 
1881-yil fevral oyida kartina mashhur kolleksioner Pol Dyurand-Ryuel tomonidan 
15000 frankka sotib olinadi. Bu o'sha davr uchun juda yuqori narx edi. 1923-yil 
Dyurand-Ryuel vafotidan so'ng uning o'g'illari ushbu kartinani amerikalik taniqli 
kolleksioner Dunkan Fillipsga sotib yuborishadi. 1930-yildan boshlab Fillipsning 
kolleksiyasi Vashington shtatidagi "Dupont Circle" binosiga ko'chiriladi va Fillips 
to'plami nomli san'at muzeyiga aylantiriladi. 
Faktik jihatdan, kartina do'stlar uchrashuvini tasvirlagan. Unda quvonchli muhit 
hukmronlik qiladi. Xayolot yo'q, hamma tabiiy va tasodifiy holatda. Panjara ortida 
Sena daryosi uzra o'sgan maysalarni ko'rish mumkin. Kartinada Renuar ko'plab 
do'stlari va tanishlari tasvirlagan: o'ng chetdagi sariq shlyapa mashhur rassom va 
savdogar Gyustav Kaybott, uning tog'risidagi Renuarning naturshitsasi hamda 
bo'lajak xotini Alina Sharigo, Sharigoni yonida turgan "Furnez" egasining o'g'li Jyul-
Alfons, o'ng yuqori burchakdagi sariq shlyapa rassomning yaqin do'sti jurnalist Pol 
Lot, uning yonidagi ayol aktrisa Janna Samari va hokazo... 

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə