Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina


 Jeyms Uistler, "Qora va kulrangning oranjirovkasi №1. Rassomning



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   53
100 картина (1)

57. Jeyms Uistler, "Qora va kulrangning oranjirovkasi №1. Rassomning 
onasi",
1871.
Ko'pincha "Uistlerning onasi" deb nomlanadigan mazkur kartina amerikalik Jeyms 
Uistler tomonidan 1871-yilda chizilgan hamda unda Jeymsning onasi Anna Uistler 
(1804-1881) tasvirlangan deb hisoblanadi. Hozirda Orse muzeyida saqlanadi. 
Asarda Uistlerning onasi stulda o'tirgan holda profilda chizilgan. Devorda Uistlerning 
"Qora sher" varfi" (1859) gravyurasi osib qo'yilgan. Kartinaning sodda kompozitsiyasi 
aslida unda tasvirlangan turli shakllarni uyg'un ravishda muvozanatlashtiradi - 
to'rtburchak parda, devordagi kartina, pol, shuningdek, yuz, kiyim va stul chiziqlari. 
Uistler ta'kidlashicha, kartinaning ifodaviy jihati unchalik muhim emas, shunchaki 
rassom xudojo'y onasiga shu tariqa hurmat ko'rsatgan. O'g'lining hayotidagi ko'plab 
zarbalar vaqtida aynan onasi uni hamisha qo'llab quvvatlagan. 
Kartinaning yaratilish tarixi ham qiziq. Kunlarning birida Uistlerning yangi kartinasi 
uchun tanlagan naturshitsasi seansga kelmaydi. Shunda Uistler onasi Anna Mak-Neyl 
Uistlerdan yordam so'raydi. Avvaliga u tik turgan ayol suratini chiqmoqchi edi, ammo 
67 yoshli onaning uzoq vaqt tik turishi ancha qiyin masala edi. Shu tufayli Jeyms 
onasini stulga o'tqazadi. 
Kartina dastavval tanqidga uchragan bo'lsa-da, keyinchalik Jeyms bir qancha huddi 
shunday rasmlar uchun buyurtmalar oladi va "Qora va kulrang oranjirovkasi" 
seriyasini yaratishga muvaffaq bo'ladi.


56 
58. Klod Mone, “Taassurot. Chiqayotgan quyosh",
 1872 yil.
Klod Mone tomonidan 1872-yilda chizilgan hamda Gavr shahrining ko'hna tashqi 
qismi 
tasvirlangan 
asar 
bo'lib, 
rassomchilikdagi 
yangi 
yo'nalish 

"impressionizm"ning paydo bo'lishiga sabab bo'lgan. Kartina birinchi marta fotograf 
Nadarning eski ustaxonasidagi ko'rgazmada 1874-yilda namoyish etilgan. Jurnalist 
Lui Lerua tufayli asar nomi ushbu ko'rgazmada ishtirok etgan kartinalar uchun 
yo'nalish nomiga aylanadi.
"Impressionistlar ko'rgazmasi" (1874, Le Charivari gazetasi) maqolasida Lerua 
shunday yozadi: "Fon va ko'rinib turgan boshqa narsalar "Taassurot"dan ko'ra 
tugallanganroq ko'rinardi!".
Asar Parijdagi Marmotan muzeyiga yuboriladi. Keyinchalik 1985-yilda rassomning 
boshqa asarlari bilan birga o'g'irlab ketiladi hamda 5 yil o'tgachgina topilib, joyiga 
qaytariladi. 
Klod Monening davrida "impressionizm" so'zi qo'pol haqoratdek edi. Ammo rassom 
bunga e'tibor qilmaydi. Asarda Gavr shahri manzarasi o'ziga xos tarzda ifodalangan. 
Bu shaharda Mone o'sib ulg'aygan va o'zini birinchi marta rassom sifatida tanigan. 
Monening mazkur kartinasini o'rgangan ayrim tadqiqotchilar uni "Tumandagi 
Oyning tasviri" deb nomlagan. Ba'zilar esa rassom quyosh chiqishini emas, balki 
quyosh botishini tasvirlagan deb ishonadi. Shubhalarni yo'qotish uchun amerikalik 
tadqiqotchilar fotosuratlar va meteorologik ma'lumotlarni o'rganib chiqib, uning 
1872-yil 13-noyabr kuni soat 7:35 da chizilganini aniqlashgan. 


57 

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə