Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina


 Juzeppe Archimboldo "Imperator Rudolf IIning Vertumn obrazidagi



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53
100 картина (1)

27. Juzeppe Archimboldo "Imperator Rudolf IIning Vertumn obrazidagi 
portreti" 
(Tahminan 1590-yil).
Italiyalik rassom-manyerist Juzeppe Archimboldoning 1590-yillarda chizilgan 
mashhur kartinasi hozirda Stokgolmdagi Skukloster qal'asi devorlarini bezab turibdi.
1562-yilda Archimboldo Muqaddas Rim imperiyasi imperatori Maksimilian II'ning 
Venadagi saroyiga taklif qilinadi. Keyinchalik rassom Pragada, Maksimillianning 
vorisi Rudolf II saroyida xizmat qiladi. Gabsburglarga qariyb 25 yil xizmat qilgandan 
so'ng, 1587-yilda nafaqaga chiqib, Milanga qaytib keladi. Ammo shundan keyin ham 
asarlar yaratib, ularni Pragaga yuborishda davom etadi.


26 
Ana shu davrda yaratilgan kartinalaridan biri "Imperator Rudolf IIning Vertumn 
obrazidagi portreti" edi. Bu asar uchun rassomga pfaltsgraf faxriy unvoni berilgan. 
Ushbu portretda imperator qadimgi italyan yil fasllar va hosildorlik xudosi 
Vertumnning yerdagi aksi sifatida mevalar orqali tasvirlangan. Vertumnni qadimda 
bog' qaychisi ko'tarib olgan bog'bon qiyofasida tasvirlashardi, ammo Juzeppe 
portretga o'zgacha yondashishga qaror qiladi hamda Rudolf IIni Vertumn qiyofasida 
yilning to'rt fasli pishib yetiladigan o'simliklar orqali aks ettiradi. Rassomning do'sti, 
shoir va tarixshunos Gregorio Komanini ushbu portretni shunday tasvirlagan: “Uning 
ko'zlari - Olimp yulduzlari, ko'kragi - havo, qorni - yer, oyoqlari - tubsiz jar. Uning 
kiyimlari - mevalar va maysalar... ” 


27 
XVII asrlar 
28. El Greko "Toledoning ko'rinishi".
(1600-yil)
Ispan rassomi El Greko qalamiga mansub ushbu kartina rassom qalamiga mansub 
saqlanib qolgan 3ta peyzajning biri hisoblanadi. Yana bir nomi - "Momoqaldiroq 
ostidagi Toledo". Yevropa tasviriy san'atidagi ilk peyzajlardan biri hisoblanadi.
Kartinada ispan shahri Toledo shimol tomondan turib tasvirlangan. Uning atrofida 
o'rmon hamda o'tloqlar mavjud. Osmonida esa yomg'irdan oldingi momoqaldiroq 
suratini ko'rish mumkin. Taxo daryosi ustida Alkantara ko'prigi ham tasvirlangan. 
Shahar ichida Alkasar qirollik saroyini hamda Toledo soborini ko'rish mumkin. Chap 
tomonda esa San Servando qasri surati chizilgan. Shaharning ko'rinishi pastdan 
yuqoriga qarab yo'nalgan, bu esa muallifga gorizontni baland ko'tarish va 
nisbatlarning kengayishini kuchaytirish imkonini bergan.
Umuman uyg'onish davri hamda barokko davri ispan rassomlari deyarli peyzaj 
chizishmagan. Chunki cherkov buni ularga ta'qiqlagandi. Kartinada rassom shahar 
ko'rinishini erkin usulda tasvirlagan. Shu tufayli ayrim binolar aslidagidan farq qiladi. 
San Servando qasri pastrog'idagi bino esa umuman mavjud bo'lmagan. Kartina 
buyurtma asosida chizilgani haqida aniq ma'lumotlar yo'q. Hozirda Nyu-Yorkdagi 
Metropoliten muzeyida saqlanadi.


28 

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə