Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   53
100 картина (1)

 
 


21 
21. Leonardo da Vinchi "Mona Liza" 
(1519-yil).
"Mona Liza" yoki "Jokondo" (to'liq nomi - "Liza Jokondo xonim portreti") - Leonardo 
da Vinchi qalamiga mansub kartina, rassomning eng mashxur asarlaridan biri. Aniq 
yaratilgan sanasi noma'lum (ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, u 1503-1505-yillar oralig'ida 
chizilgan). Hozir Luvrda saqlanmoqda. Rasmda florensiyalik ipak savdogari 
Franchesko del Jokondoning rafiqasi Liza Gerardini tasvirlangan deb ishoniladi.
Leonardo da Vinchining italiyalik biograflari bu rasm rassom ijodida qanday o'rin 
tutganligi haqida yozib qoldirganlar. Leonardo boshqa buyurtmalardan farqli 
ravishda "Mona Liza" ustida ishlash jarayonida o'zini boricha unga bag'ishlagan. Bu 
vaqtda yana bir asar -"Angiari jangi" yaratish bilan band bo'lgan Leonardo undan 
ortgan hamma vaqtini Mona Lizani chizish bilan o'tkazgan. U bu asar uchun juda ko'p 
vaqt sarflardi. Italiyani tark etganida ham boshqa tanlangan kartinalar qatorida uni 
o'zi bilan birga Fransiyaga olib ketadi. Da Vinchi ushbu portretga alohida mehr 
qo'ygandi. 


22 
22. Titsian "Danaya" 
(1554-yil).
Titsian Vechellio tomonidan kamida 5 marta ushbu mifologik qahramon mavzusiga 
murojaat qilingan. Asar 1554-1562-yillarda Ovidiyning "Metamorfoza" asari 
mavzulari - "Danaya", "Venera va Dionis", "Diana va Akteon", "Akteonning o'limi", 
"Diana va Kallisto", "Persey va Andromeda" hamda "Yevropaning o'g'irlanishi" nomli 
7 ta kartinalar seriyasi doirasida qirol Filipp II uchun yaratilgan. Hozirda ushbu 
kartinalarning har biri turli galereyalarda saqlanmoqda.
Grek mifologiyasiga ko'ra, Argos shohi Akriziy orakuldan kelajakda qizi Danayaning 
farzandi tomonidan o'ldirilishi haqida bilib oladi. Buning oldini olish uchun u 
Danayani zindonga tashlashni buyuradi. Danayani ko'rgan Zevs uning go'zalligi 
mahliyo bo'lib, tomdagi teshik orqali uning yoniga oltin yomg'ir ko'rinishida kiradi va 
Danaya bilan birga bo'ladi. Shundan so'ng Danaya Perseyni dunyoga keltiradi. Akriziy 
qizi hamda nevarasini qutiga solib dengizga uloqtirishni buyuradi.

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə