Har bir bilimdon bilishi kerak bo'lgan 100 ta kartina


 Jorjone hamda Titsian "Uyqudagi Venera"



Yüklə 461,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/53
tarix30.12.2023
ölçüsü461,27 Kb.
#166139
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   53
100 картина (1)

15. Jorjone hamda Titsian "Uyqudagi Venera".
(1510-yil)
Kartina venetsiyalik rassom Jorjone tomonidan o'limidan biroz oldin chiza 
boshlangan. Ammo ijodkor asarni oxiriga yetkaza olmagan hamda Veneraning o'zini 
chizib bo'lganidan so'ng, 1510-yilda vabodan vafot etgan. Kartinaning peyzaj, osmon, 
kiyimlar qismi Titsian tomonidan yakunlab qo'yilgan. Shuningdek, asarda yana bir 
rassomning qalam izlari ham borligini sezish mumkin.
Kartina "Drezden Venerasi" nomi bilan ham mashhur. U 1507-yilda Morozino 
Pizaniga uylangan Jerolamo Marchello buyurtmasiga asosan chizilgani taxmin 
qilinadi. Dastavval kartina, to asl muallif Jovanni Morelli tomonidan maxsus usul 
yordamida aniqlanmaguncha, Sassoferratoga tegishli deb hisoblangan. 
Titsian Veneraning oyoq qismiga Kupidon tasvirini ham chizgandi, ammo u hozirgi 
kungacha yetib kelmagan. Ushbu tasvir infraqizil nurlar orqali qilingan tahlil 
natijasidagina aniqlangan. Kupidon qo'lida kamon hamda qush tasviri ham bo'lgan. 
Odatda sevgi ilohasi Venera hamisha bahor bo'lib turadigan bog'da uxlar, Kupidon 


16 
esa vaqti kelganda uni uyg'otardi. Shundan keyin go'zal iloha to'y marosimlariga yo'l 
olardi. Jorjone aynan shu holatdan o'z kartinasini yaratish uchun ilhom olgan. 
Veneraning aynan shunday tasvirlanishi sababi esa - Jorjonening 1499-yilda nashr 
etilgan "Polifil gipnerotomaxiyasi" gravyuralaridan biridan foydalangani bilan bog'liq 
bo'lib, bu holatdan keyinchalik Titsian "Venera Urbinskaya", Mane esa "Olimpiya" 
asarlarini yaratishda ham foydalangan.
16. Mikelanjelo Buenarotti "Odamning yaratilishi".
(1511-yil)
Mikelanjelo tomonidan yaratilgan freska. U Sikstin kapellasi shiftidagi 9 ta markaziy 
kompozitsiyaning to'rtinchisi bo'lib, Bibliyadagi "Xudo odamni o'z suratida yaratdi" 
epizodiga asoslanadi.
Freskada osmonda, farishtalar orasida oq rangdagi kiyimda Yaratgan tasvirlangan 
deyiladi. Uning o'ng qo'li Odam Ato tomon cho'zilgan va uning qo'llariga tegib turibdi. 
Yashil tosh ustida yotgan Odam Ato tanasi asta harakatlana boshlagan. Kompozitsiya 
ikki qo'lning imo-ishorasiga qaratilgan. Bu holatda aslida rassom indonning doimiy 
tarzda Yaratganga intilishini, bilimga chanqoqligini tasvirlashga uringan. Odam Ato 
tanasining yaratilishi ancha mukammal bo'lgan. Bunda Mikelanjeloning odam 
anatomiyasini yaxshi bilishi qo'l kelgan bo'lsa kerak. Amerikalik shifokor Frank 
Meshberger 1990-yilda freskadagi Yaratgan tasvirida odam miyasining anatomik 
jihatdan mukammal tuzilishini aniqlagan.


17 

Yüklə 461,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə